II. Milliy va xorijiy valyutalarda kredit operatsiyalari (shu jumladan lizing, kafolatlar)**

Nomi Foizlarda yoki pul birliklarida Eslatma
2.1. Kreditdan (lizingdan) foydalanganlik uchun foiz stavkasi yuridik shaxslarga kredit berish bo'yicha bank tomonidan tasdiqlangan shartlarga muvofiq (havolaga o'tish) Kredit qo'mitasining qaroriga muvofiq
2.2. Kredit (lizing) asosiy qarzi bo’yicha to’lov muddati kechiktirilgan qarzdorlik uchun jarima (penya) Kredit (lizing) bo'yicha foiz stavkasining 1,5 baravarigacha Kredit qo'mitasining qaroriga muvofiq
2.3. Kredit (lizing) foizlari bo’yicha to’lov muddati kechiktirilgan qarzdorlik uchun jarima (penya) yuridik shaxslarga kredit berish bo'yicha bank tomonidan tasdiqlangan shartlarga muvofiq (havolaga o'tish) Kredit qo'mitasining qaroriga muvofiq
2.4. Kredit (lizing) bo’yicha ssuda hisobvarag’ini ochish va xizmat ko’rsatish bepul
2.5. Kredit (lizing) bo’yicha hujjatlarni ko’rib chiqish bepul
2.6. Kredit (lizing) bo’yicha garov ta’minotini rasmiylashtirish, uni qisman yoki to’liq chiqarish bepul
2.7.

Garovga qo'yilgan transport vositasini boshqarish uchun ishonchnoma berish

BHMning 0,5 baravari (QQSsiz)*

Shu bilan birga, mijozning muddati o'tgan qarzdorligi bo'lmasligi kerak.

2.8. Qarz oluvchining tashabbusi bilan kredit (lizing) shartlariga o'zgartirishlar kiritish 5 ta BHMgacha (QQSsiz)* Kredit qo'mitasining qaroriga muvofiq
2.9. Kredit (lizing)ni talab qilib olish huquqidan boshqa bank (shaxs) foydasiga voz kechish bepul
2.10. Kredit liniyasining foydalanilmagan miqdori uchun vositachilik haqi bepul (chet el kredit liniyalari hisobiga moliyalashtiriladigan kreditlar bundan mustasno)
2.11. Kafolatlar berish ***

а) Kafolatlarni berish uchun hujjatlarni ko’rib chiqish

Korporativ kreditlash qo’mitasi tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganida kafolat summasidan 1%


b) Kafolatni berish va kafolat summasini oshirish uchun vositachilik haqi

Kafolat summasining (oshirilgan summaning) 1% dan 5% gacha miqdorida  har bir yil (to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan) uchun. Kamida 3 BHM (QQSni hisobga olmaganda)

Korporativ kreditlash qo'mitasining qaroriga muvofiq

c) Kafolat berish va kafolat summasini oshirish uchun kafolat summasining (oshirish miqdorining) kamida 110 foiziga teng bo’lgan pul ta’minoti taqdim etilganda olinadigan komissiya

Kafolat summasining (oshirilgan summaning) 0,7% miqdorida har bir yil (to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan) uchun. Kamida 3 BHM (QQSni hisobga olmaganda)*


d) Kafolat muddatini uzaytirish bo’yicha tegishli o’zgartirishlar kiritish

Kafolat summasining 1% dan 5% gacha miqdorida har bir yil (to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan) uchun. Kamida 10 BHM (QQSni hisobga olmaganda)*

Korporativ kreditlash qo'mitasining qaroriga muvofiq

e) Kafolatlar so’mmasi va muddati o’zgartirilishi bilan bog’liq bo’lmagan kafolatlar shartlarini o’zgartirish    

1,5 ta BHM (QQSsiz)*

 

2.12.
XSRIK/ITFC foydasiga kafolatlar berish

Korporativ kreditlash qo'mitasining qaroriga muvofiq


*O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan 2022 yil 1 apreldan boshlab bankning qiymati qat’iy summada belgilangan xizmatlari amaldagi qonunchilikka mos keladigan miqdorda qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shib hisoblanadi.

** Xalqaro kredit liniyalari bo'yicha kreditlar (lizing) taqdim qilinishi mazkur kredit liniyasi shartlari asosida amalga oshiriladi

***Chet el valyutasidagi kafolatlar bo’yicha vositachilik haqi O’zR MBning to’lov kunidagi kursi bo’yicha so'mda olinadi.

Tariflarni qo'llashning umumiy shartlari:

Yuridik shaxslar uchun belgilangan tariflar, agar alohida holatlar ko'rsatilmagan bo'lsa, yakka tartibdagi tadbirkorlarga, doimiy muassasalarga, xorijiy kompaniyalar vakolatxonalariga, davlat korxonalariga, tashkilotlarga va boshqa muassasalarga xizmat ko'rsatishda ham qo'llaniladi.

Agar O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablari yoki O'zbekiston Respublikasining boshqa me'yoriy hujjatlariga muvofiq vositachilik haqining boshqa miqdori yoki vositachilik haqini undirmaslik belgilanadigan bo'lsa, unda ushbu me'yoriy hujjatlarda belgilangan miqdorlar va shartlar qo'llaniladi.

BHM - 2019 yil 21 maydagi PF-5723-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab kiritilgan bazaviy hisoblash miqdori (Ish haqining eng kam miqdori o'rniga)