Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 4509
  • Yangilash: 28 May 2024, 13:57

Vazifa va qadriyatlari

Yaratuvchilik

Yaratuvchilik


Biz mamlakatimizda buyuk o‘zgarishlar yuz berayotgan davrda yashayapmiz. Har birimizning vazifamiz mavjud. Ushbu vazifa atrofdagilar uchun doimo foydali, mas’uliyatli va kerakli bo‘lishdan iboratdir.

Yangilik izlash

Yangilik izlash


Biz o‘z mijozlarimizning talablariga javob berish uchun o‘tmishdagi ajdodlarning donoligi va bugungi kunning yangi yechimlarini birlashtiramiz.

Ishonch va adolat

Ishonch va adolat

O‘z ishining ustaligi darajasiga ko‘paytirilgan halollik va ishonchlilik – bizning jamoamizga xos xususiyatdir.

Bank mijoz uchun

Bank mijoz uchun

Biz doimo o‘z mijozlarimiz manfaati uchun faoliyat olib boramiz.

Uyushgan holda ish olib borish

Uyushgan holda ish olib borish


Biz faqatgina birgalikda ishlagan holdagina o‘z maqsadlarimizga erishamiz. Bizning ma’suliyatli ishchan munosabatimiz – Sizlarning muvaffaqiyatga erishishingiz uchun asosdir.

Vatanparvarlik

Vatanparvarlik


Biz, jumladan bizning Bank ham, o‘zimiz faoliyat olib borayotgan jamiyatning rivojlanishi uchun ma’suliyatni his qilamiz.


Faoliyatining sohasi va maqsadi

Bank operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus ruxsatnomasi (litsenziya) asosida amalga oshiriladi.

Bank quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin:

  • Jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish; omonatlarga pul mablag‘larini jalb etish;
  • Kreditlarning qaytarishliligi, to‘lovliligi, ta’minlanganligi, maqsadliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan Bank mijozlariga – korxona, tashkilot va muassasalarga kreditlar berish;
  • Mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish;
  • Moliyaviy lizingni tashkillashtirish va amalga oshirish;
  • Qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bilan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa operatsiyalarni barajarish;
  • Pul mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;
  • Jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat sandiqlarni ijaraga berish;
  • Uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
  • Bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko‘rsatish;
  • Uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
  • Xalqaro bank amaliyotlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyasida maxsus ko‘rsatilgan boshqa operatsiyalar;


Bank bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Bank qonunchilikda belgilangan tartibda qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.

Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X