"Toshkent" respublika fond birjasida yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasida "ASIA ALLIANCE BANK" ATB ning 45 mlrd. so'mlik korporativ obligatsiyalari muvaffaqiyatli joylashtirildi. Ushbu korporativ obligatsiyalarning chiqarilishi Bankning kapital bozorida kredit tarixini shakllantirish va Bank mavqeini mustahkamlashdagi yana bir dadil qadamdir.

"ASIA ALLIANCE BANK" ATB qimmatli qog'ozlar bozoridagi tajribasidan kelib chiqib, aktsiyadorlik jamiyatlari va ma'suliyati cheklangan jamiyatlarga korporativ obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish bo'yicha konsultatsion xizmat ko'rsatishga va kapital bozorida anderrayter sifatida ishtirok etishga tayyor.