- Telefon: (+998 71) 231-60-00
- Elektron pochta: info@aab.uz
- Qabul kunlari: DU-JU 8:00 – 11:00
1971 yilda tug‘ilgan.
1997 yili Toshkent Davlat Universitetidagi Oliy Biznes maktabini MBA dasturi bo‘yicha tugatdi.
2002 yili Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini tugatdi, Bakalavr.
2011 yili London Biznes maktabini (LBS) МВА dasturi bo‘yicha tugatdi.
Bank sohasidagi mehnat faoliyatini 1999 yilda boshladi.
1999 yil noyabridan 2006 yilning oktyabrigacha “Ipak Yuli Bank” Aksiyadorlik- Innovatsiya Tijorat banki tizimida ishladi. Qimmatli qog‘ozlar va pul bozori, mikrokreditlash, kreditlash, mijozlar siyosati va marketing bo‘limlarida ishladi, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va marketing boshqarmasi Boshlig‘i lavozimida ish olib bordi.
2001 yil dekabridan 2003 yil dekabrigacha Yaponiyaning tashqi savdoni rivojlantirish bo‘yicha “JETRO” tashkiloti Vakolatxonasida ishladi.
2006 yil noyabridan 2008 yil noyabridan 2008 yil noyabrigacha “ABN AMRO Bank NB Uzbekistan A.O.”da Boshqaruv Raisi o‘rinbosari lavozimida ishladi.
2008 yil noyabridan 2011 yil noyabrgacha “Royal Bank of Scotland NB Uzbekistan CJSC”da Boshqaruv Raisi o‘rinbosari lavozomida ishladi.
2011 yil dekabridan “ASIA ALLIANCE BANK” Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Banki Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga ishga qabul qilindi.
2012 yilning yanvaridan “ASIA ALLIANCE BANK” ATB Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan.
2021 yil 16 noyabrdan "ASIA ALLIANCE BANK" ATB Boshqaruv raisi v.b. lavozimida ishlab kelmoqda.
Quyidagilarni ta’minlaydi:
- Balans likvidligini samarali boshqarish va kapitalning moslik darajasini ta’minlash, Bank aktivlari va passivlarini boshqarish, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarga, Bankning strategik rivojlanishi va Biznes-rejasi asosiy yo’nalishlariga rioya qilish;
- Buxgalterlik hisobini yuritish, bank aktivlari, majburiyatlari, foydalari va sarf-xarajatlari, shuningdek Bank kapitalidagi holat va o’zgarishlar to’g’risida asoslangan axborot to’plash;
- Bank va uning tarkibiy bo’linmalari faoliyatida qonuniylik, qonunlar va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy-huquqiy hujjatlarining bir xil ijro qilinishi, Bank omonatchilari va aksiyadorlari huquqlari va mulkiy manfaatlarini himoya qilish;
- Kadrlar siyosatini realizatsiya qilish, Bank xodimlari uchun me’yoriy va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ularning kasbiy tayyorgarlik darajasi oshirilishini ta’minlaydigan tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
- Telefon: (+998 71) 231-60-00
- Elektron pochta: info@aab.uz
- Qabul kunlari: DU-JU 8:00 – 11:00