2018 yil 24 mayda «ASIA ALLIANCE BANK» ATB va Jahon banki (Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki) oʻrtasida «Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat Korxonalarining Energiya Samaradorligini Oshirish» loyihasini amalga oshirish boʻyicha kelishuv imzolandi.

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB Oʻzbekistonning kichik va oʻrta biznes korxonalariga ularning ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash uchun jozibador shartlarda kreditlarni taqdim qiladi.