Bank vakillarining Germaniyaga tashrifi doirasida Commerzbank AG va Oddo BHF kompaniyalari rahbariyati bilan shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazildi va Asosiy savdo krediti bitimi (Master Trade Loan Agreement) imzolandi. Ushbu Bitimlar Bankka savdoni moliyalashtirish dasturi doirasida mijozlarning loyihalarini Osiyo taraqqiyot banki kafolati ostida Germaniya banklari resurslari ishtirokida moliyalashtirish imkonini beradi.

Ushbu tashrif doirasida Shtutgartda LBBW vakillari bilan ham hamkorlik istiqbollari, savdoni moliyalashtirish limitlarini belgilash masalalari va uzoq muddatli moliyalashtirish imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.

Asia Alliance Bank uzoq yillardan buyon Germaniyaning yetakchi banklari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda va bundan keyin ham ularni kengaytirish va mustahkamlash kabi maqsadni olg‘a suradi.