Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“ASIA ALLIANCE BANK” Sizga Sizni va Sizning yaqinlaringizni qimmatliklarni bilan bog‘liq bo‘lgan xavotir va muammolardan xalos qiluvchi yangi xizmat turini taklif qiladi. Biz Sizni hujjatlar va qimmatliklarni yopiq saqlash uchun yakka tartibdagi seyflardan (yacheykalardan) foydalanishga taklif qilamiz. Dunyodagi millionlab ishbilarmon odamlar bankda yakka tartibdagi seyflardan foydalanadilar.

Biz yakka tartibdagi bank seyflari saqlanadigan omborni yacheyka ichida saqlanayotgan narsalarning to‘laligicha daxlsizligini ta’minlovchi zamonaviy texnik vositalar bilan jixozladik. Bank seyflarini ijaraga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar boshqa mijozlar va boshqa shaxslardan sir tutiladi, qimmatlikni seyfga joylashtirishda joylashtirilayotgan buyumlarning ro‘yxati tuzilmaydi, Sizning o‘zingiz mustaqil tarzda qimmatliklar bilan ishlarni amalga oshirasiz.
Xotirjam bo‘lishingiz mumkin, bank yakka tartibdagi yacheyka ichidagilarning maksimal darajadagi xavfsizligini ta’minlaydi.
Boshqa shaxslar tomonidan (jumladan, bank xodimlari) qimmatliklardan foydalanishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Seyf kaliti faqat Sizdagina bo‘ladi.

Seyfli yacheykalarning o‘lchamlari

Turi
O‘lchamlari, mm
Balandligi
Kengligi
Chuqurligi
"A"
75
310
435
"B"
125
310
435
"V"
300
310
435
"G"
475
600
310
310
435
435

Jismoniy shaxslar uchun seyfli yacheykalarni ijaraga olish uchun

Seyf-yacheyka turi
Ijara haqi bir oy muddatga
Garov summasi
"А" tur
EKOIHning 15%
1,5 х EKOIH
"B" tur
EKOIHning 25%
1,5 х EKOIH
"V" tur
EKOIHning 35%
1,5 х EKOIH
"G" tur
EKOIHning 50%
1,5 х EKOIH


Uzoq vaqt davomida uzluksiz ijaraga olinganda 1 yil tugashi bilan keying yul uchun kamida 1 yullik muddatga shartnoma tuzish vaqtida shartnoma summasining 20% hajmida chegirma o‘rnatiladi.
Jarimalar 

Mijoz tomonidan seyfli yacheyka kaliti yo‘qotilganligi (qaytarilmaganligi) uchun
EKOIHning 50% + qulf yoki kalitni tiklash uchun qilinadigan harajatlar
Mijozning aybi bilan seyfli yacheykaning buzilganligi uchun
EKOIHning 50% + qutichalarni ta’mirlash uchun qilinadigan harajatlar

Mehnat ta’tiliga chiqqan yoki xizmat safariga ketayotgan yoki shunchaki xonadoningizda mavjud bo‘lgan
Qimmatliklarning saqlanishidan xavotir olgan hollarda Siz bankimizdagi yakka tartibdagi seyfli yacheykalardan foydalanishingiz mumkin.

Bank seyfida naqd pullar, qimmatli qog‘ozlar, qimmatli metallar va toshlar, zargarlik buyumlari, shaxsiy hujjatlar, antikvar buyumlar, yodgorliklar, san’at asarlari, electron ma’lumotlarni saqlash qurilmalari va boshqa qimmatliklar- umuman olganda o‘zingiz uchun qadrli bo‘lgan va boshqalarning ko‘ziga tushishidan saqlamoqchi bo‘lgan istalgan narsalarni saqlash mumkin.
Seyfli yacheykaga buyumlarni joylashtirish va u erdan buyumlarni olish hamda ular bilan ishlash mijoz tomonidan bank xodimining nazoratisiz amalga oshiriladi.
Bank seyfning saqlanishi va daxlsizligi bo‘yicha barcha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi hamda mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlarning sir tutilishini kafolatlaydi.

Valyuta kurslari

16.04.2019 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 8455.37
1 EUR = 9554.57
1 RUB = 131.53
1 GBP = 11060.47
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech