Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik yo‘nalishini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi kredit liniyasi

KREDIT LINIYASI HAQIDA UMUMIY MAʹLUMOT

Bir qarz oluvchiga ajratiladigan kredit miqdori

Investitsiya loyihalari uchun: 2.000.000,00 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yoki butun qo‘shilgan qiymat zanjirini moliyalashtirganda 4 000 000 AQSh dollaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda (ishlab chiqarish, qayta ishlash, savdo/eksport).

Aylanma mablag‘lar uchun: 200.000,00 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

Kredit muddati

Investitsiya loyihalari uchun: 120 oygacha, imtiyozli davr - 36 oygacha;

Aylanma mablag‘lar uchun: 18 oygacha, imtiyozli davr 9 oygacha

Qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hisobidan loyihani moliyalashtirishdagi ulushi

Loyihaning umumiy qiymatidan 20% dan kam bo‘lmagan miqdorda

Atrof-muhitga ta’sirini baholash jarayonini amalga oshirish

Kredit liniyasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan loyiha uchun beriladigan har bir taklif atrof-muhitga ta’sirini baholashdan o‘tishi lozim.

Moliyalashtirish talabiga javob beradigan kredit maqsadi

- Meva-sabzavotchilikka asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etish hamda kengaytirish;

- Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish hamda kengaytirish;

- Qishloq xo‘jaligi texnikasi, qayta ishlash, sovutish, muzlatish va qadoqlash uskunasini xarid qilish va boshqalar.

Moliyalashtirish talabiga javob bermaydigan holatlar

Bolalar mehnatiga va majburiy mehnatga asoslangan, aholini ko‘chirishga asoslangan er uchastkasini ajratish, shaxsiy mulk va daromadlarni yo‘qotish, er va binolarni sotib olish yoki ijaraga olish, uy-joylarni qurish yoki modernizatsiya qilish, har qanday qarzlarni qayta moliyalashtirish, paxta va bug‘doy etishtirish bilan bog‘liq loyihalar, shuningdek, atrof-muhitga (A toifali loyihalar bo‘yicha) ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan salbiy investitsiya loyihalarini moliyalashtirish.

KREDITNI KO‘RIB CHIQISH MUDDATI

Kreditni ko‘rib chiqish muddati

Loyihani ko‘rib chiqishning to‘liq muddati:

-      Loyihani Bank filialida ko‘rib chiqish jarayoni kerakli hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng boshlanadi. Kreditni ko‘rib chiqish jarayoni davomida loyihaning texnik iqtisodiy asosnomasi, korxona faoliyatining iqtisodiy tahlili va loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari, loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va loyihaning bozor talabiga javob berishiga ta’sir etuvchi kompleks faktorlar hamda loyiha realizatsiyasi bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatardar batafsil o‘rganilib, Bank filiali Kredit Qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.

-      Loyihani o‘rganib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi XTTB bilan rasmiy kelishuvlar olib borish uchun Bank Bosh ofisida ko‘rib chiqish 3-10 kun davomida amalga oshiriladi.

-      O‘zbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi va XTTB ga hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng 30 kungacha bo‘lgan muddatda Loyiha ko‘rib chiqish va ma’qullash jarayoni amalga oshiriladi.

KREDIT LINIYASI HAQIDA QO‘SHIMCHA MAʹLUMOT

Foiz stavkasi

Foiz stavkasi quyidagilardan iborat:

- XTTB tomonidan belgilangan 6 oylik LIBOR + XTTB ning o‘zgaruvchan spred miqdori;

- O‘zbekiston Respublikasining yillik 0,2% miqdoridagi marjasi;

- Bank marjasi (kredit olingan valyutada to‘lanadi).

O‘z vaqtida to‘lanmagan foiz uchun penya

Kechiktirilgan har bir kun uchun muddati o‘tgan to‘lov miqdorining 0,033% miqdorida (O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutada to‘lanadi).

Bir martalik komissiya to‘lovi

Kredit summasining 0,25% miqdorida (O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutada to‘lanadi).

Kreditning o‘zlashtirilmagan qismi uchun komissiya to‘lovi

Komissiya quyidagilardan iborat:

XTTB tomonidan belgilangan 6 oylik LIBOR+ XTTB ning o‘zgaruvchan spred miqdori (kredit olingan valyutada to‘lanadi) + O‘zbekiston Respublikasining yillik 0,2% miqdoridagi marjasi (O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutada to‘lanadi).

Komissiya Agentlikning tegishli bildirishnomasida ko‘rsatilgan mablag‘ XTTB hisob raqamidan echilgan kundan boshlab to kreditning to‘liq o‘zlashtirilishi kunigacha bo‘lgan muddatda kreditning o‘zlashtirilmagan qismiga hisoblanadi.

Asosiy qarzni qaytarish

Imtiyozli davr tugagandan so‘ng har olti oyda bir xil miqdorda to‘lanadi.

Foizlarni to‘lash

Har olti oyda kreditning qaytarish jadvaliga binoan to‘lanadi

Xalqaro taraqqiyot uyushmasining “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik yo‘nalishini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi kredit liniyasi

KREDIT LINIYASI HAQIDA UMUMIY MAʹLUMOT

Bir qarz oluvchiga ajratiladigan kredit miqdori

Investitsiya loyihalari uchun: 2 000 000 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda.

Aylanma kapital uchun: 150 000. 00 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda, qo‘shilgan qiymat zanjirini moliyalashtirganda 2 000 000 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda

Kredit muddati

Investitsiya loyihalari uchun: 120 oygacha, imtiyozli davr - 36 oy.

Aylanma kapital uchun: 18 oygacha, imtiyozli davr 9 oygacha

Qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hisobidan loyihani moliyalashtirishdagi ulushi

Loyihaning umumiy qiymatidan 20% dan kam bo‘lmagan miqdorda

Atrof-muhitga ta’sirini baholash jarayonini amalga oshirish

Kredit liniyasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan loyiha uchun beriladigan har bir taklif atrof-muhitga ta’sirini baholashdan o‘tishi lozim

Moliyalashtirish talabiga javob beradigan kredit maqsadi

O‘zbekiston Respublikasining chorvachilik yo‘nalishini moliyalashtirish, shu jumladan:

- yirik va kichik shoxli qoramollar, ot, tuyachilik, echkichilik, cho‘chqachilik va quyonchilik, parrandachilik (tuxum va broyler), baliqchilik, asalarichilik, ipakchilikni rivojlantirish;

- chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash, sovutish va saqlash;

- ozuqa ishlab chiqarish (qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash orqali), shuningdek tayyor mahsulotni sotib olish;

- veterinariya va boshqa xizmatlar, shu jumladan sun’iy urug‘lantirish, chorvachilik uchun maxsus uskunalar, emlash, hayvonlarni identifikatsiya qilish;

- chorvachilik yo‘nalishida qayta tiklanadigan energiya va energiya samaradorligiga investitsiyalar;

- chorvachilik sohasida qiymat zanjiri rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat turlari.

Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan urug‘ va o‘g‘it kabi qishloq xo‘jaligi resurslari, xomashyoni qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi xizmatlarini taqdim etish, sarf-xarajatlar shuningdek boshqa chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan kerakli mahsulotlar aylanma mablag‘larni moliyalashtirishga asos bo‘ladi.

Moliyalashtirish talabiga javob bermaydigan holatlar

Bolalar mehnatiga va majburiy mehnatga asoslangan, aholini ko‘chirishga asoslangan er uchastkasini ajratish, shaxsiy mulk va daromadlarni yo‘qotish, er va binolarni sotib olish yoki ijaraga olish, uy-joylarni qurish yoki modernizatsiya qilish, istalgan mavjud qarzlarni qayta moliyalashtirish, paxta va bug‘doy etishtirish bilan bog‘liq loyihalar, shuningdek, atrof-muhitga (A toifali loyihalar bo‘yicha) ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan salbiy investitsiya loyihalarini moliyalashtirish

KREDITNI KO‘RIB CHIQISH MUDDATI

Kreditni ko‘rib chiqish muddati

Loyihani ko‘rib chiqishning to‘liq muddati:

-    Loyihani Bank filialida ko‘rib chiqish jarayoni kerakli hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng boshlanadi. Kreditni ko‘rib chiqish jarayoni davomida loyihaning texnik iqtisodiy asosnomasi, korxona faoliyatining iqtisodiy tahlili va loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari, loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va loyihaning bozor talabiga javob berishiga ta’sir etuvchi kompleks faktorlar hamda loyiha realizatsiyasi bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatardar batafsil o‘rganilib, Bank filiali Kredit Qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.

-    Loyihani o‘rganib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan rasmiy kelishuvlar olib borish uchun Bank Bosh ofisida ko‘rib chiqish 3-10 kun davomida amalga oshiriladi.

-    O‘zbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasiga hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng 30 kungacha bo‘lgan muddatda Loyiha ko‘rib chiqish va ma’qullash jarayoni amalga oshiriladi.

KREDIT LINIYASI HAQIDA QO‘SHIMCHA MAʹLUMOT

Foiz stavkasi

Foiz stavkasi quyidagilardan iborat:

- yillik 4,3%, XTU marjasi;

- Bank marjasi (kredit olingan valyutada to‘lanadi).

Foiz va komissiyalarning o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penya

Kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov miqdorining 0,1%i miqdorida (O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida to‘lanadi)

Kreditning ishlatilmagan qismi uchun komissiya

Yillik 4,3% miqdorida (O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida to‘lanadi). Komissiya Agentlikning tegishli bildirishnomasida ko‘rsatilgan XTTB hisobidan o‘tkazib berilgan kundan boshlab to kreditning kredit to‘liq o‘zlashtirish kunigacha bo‘lgan muddat oralig‘idagi kredit to‘liq o‘zlashtirilmagan qismiga hisoblanadi.

Har olti oyda aynan foiz to‘lanadigan kunda Qarz oluvchi Bankka komissiyani to‘laydi.

Asosiy qarzni qaytarish

Imtiyozli davr tugashi bilanoq har olti oyda bir xil miqdorda to‘lanadi

Foizlarni to‘lash

Har olti oyda kreditni qaytarish jadvaliga binoan to‘lanadi

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” (qo‘shimcha moliyalashtirish – 2) loyihasi doirasidagi kredit liniyasi

KREDIT LINIYASI HAQIDA UMUMIY MAʹLUMOT

Bir qarz oluvchiga to‘g‘ri keladigan qarz miqdori

10, 0 million AQSh dollari miqdorigacha.

Kredit muddati

120 oygacha, imtiyozli muddat 36 oygacha.

Qarz oluvchilarning o‘z mablag‘lari bilan ishtiroki

Loyihaning umumiy qiymatidan 20% dan kam bo‘lmagan miqdorda

Bank ishtiroki

Bank parallel ravishda Jaxon banki tomonidan moliyalashtiradigan kredit miqdoridan farqli o‘laroq umumiy loyihaning 25% miqdoridagi kreditni taqdim etadi.

Atrof-muhitga ta’sirini baholash jarayonini amalga oshirish

Kredit liniyasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan loyiha uchun beriladigan har bir taklif atrof-muhitga ta’sirini baholashdan o‘tishi lozim

Moliyalashtirish talabiga javob beradigan kredit maqsadi

Moliyalashtirish uchun:

- energiya tizimlari (masalan, qozonxonalarni modernizatsiya qilish va boshqa yoqilg‘idan foydalanishga o‘tish, elektr va issiqlik energiyasini kompleks ishlab chiqarish);

- ishlab chiqarish texnologiyalari (masalan, uskunalar, mashinalarni modernizatsiya qilish va almashtirish, ishlab chiqarish maydonlarini kengaytirish);

- issiqlik chiqindilarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish tizimlari (masalan, issiqlik chiqindilarini utilizatsiya qilish va yonuvchan chiqindilarni butunlay yoqib yuborish).

Loyihalarni tanlash va baholash tartibi

• Kompaniya O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va normalariga muvofiq tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi lozim;

• Qarz oluvchilar Bank aktsiyalari egalik qilgan taqdirda, ularning ulushi 10 foizdan ko‘p bo‘lmasligi lozim;

• Bank qarz oluvchining aktsiyalariga egalik qilgan taqdirda, ularning ulushi 10 foizdan ko‘p bo‘lmasligi lozim;

• Oxirgi ikki yil mobaynidagi faoliyat daromadli bo‘lishi lozim;

• Moliyaviy tizim va tashkilot, boshqaruv, kadrlar, moliyaviy va boshqa strukturalar qoniqarli bo‘lishi;

• qarz mablag‘larining 75% gacha, o‘z mablag‘larining 25 foizigacha bo‘lishi* (darhol, har bir subkreditni olgandan keyin uch yil ichida va undan keyingi vakt davomida)

• Jahon Banki bilan boshqa masalalar kelishmagan holatda, subqarzdorlar yillik iste’molning 20% miqdoridagi energiya tejamkorligini namoyish etishlari kerak.

KREDITNI KO‘RIB CHIQISH MUDDATI

Kreditni ko‘rib chiqish muddati

Loyihani ko‘rib chiqishning to‘liq muddati:

-    Loyihani Bank filialida ko‘rib chiqish jarayoni kerakli hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng boshlanadi. Kreditni ko‘rib chiqish jarayoni davomida loyihaning texnik iqtisodiy asosnomasi, korxona faoliyatining iqtisodiy tahlili va loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari, loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va loyihaning bozor talabiga javob berishiga ta’sir etuvchi kompleks faktorlar hamda loyiha realizatsiyasi bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar batafsil o‘rganilib, Bank filiali Kredit Qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Ko‘rib chiqish muddati 3-10 kun;

-    Filial tomonidan taqdim etilgan texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish uchun Loyihani Bank Bosh ofisida o‘rganib chiqish 3-10 kun davomida amalga oshiriladi.

-    Jahon Banki bilan kelishuvlarni olib borish hamda loyihani ma’qullash va moliyalashtirish jarayoni o‘rtacha 10 kun davomida amalga oshiriladi.

KREDIT LINIYASI HAQIDA QO‘SHIMCHA MAʹLUMOT

Foiz stavkasi

Foiz stavkasi quyidagilardan iborat:

- XTTB foiz stavkasi hisoblanishi XTTB tomonidan belgilangan 6 oylik LIBOR + XTTB ning o‘zgaruvchan spred miqdori;

- O‘zbekiston Respublikasining yillik 0,2% miqdoridagi marjasi;

- Bank marjasi, (kredit olingan valyutada to‘lanadi).

Foiz va komissiyalarning o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penya

Kechiktirilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov miqdorining 0,033% (O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida)

Bir martalik komissiya miqdori

Kredit summasining 0,25%i (O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida to‘lanadi)

Kreditning ishlatilmagan qismi uchun komissiya

Komissiya quyidagicha hisoblanadi XTTB tomonidan belgilangan 6 oylik LIBOR+ XTTB ning o‘zgaruvchan spred miqdori + O‘zbekiston Respublikasining yillik 0,2% miqdoridagi marjasi (O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida to‘lanadi)

Komissiya kreditning ishlatilmagan qismiga kredit shartnomasi imzolangan sanadan boshlab to to‘liq o‘zlashtirilgan sanagacha hisoblanadi. Har olti oyda aynan foiz to‘lanadigan kunda Qarz oluvchi Bankka komissiyani to‘laydi.

Asosiy qarzni qaytarish

Imtiyozli davr tugashi bilanoq har olti oyda bir xil miqdorda to‘lanadi

Foizlarni to‘lash

Har olti oyda kreditni qaytarish jadvaliga binoan to‘lanadi

“Landesbank Baden-Wurttemberg (LBBW)” kredit liniyasi

KREDIT LINIYASI HAQIDA UMUMIY MAʹLUMOT

Kredit maqsadi

LBBW bilan kelishgan holda Germaniya Federativ Respublikasi hamda Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga kiruvchi boshqa davlatlardan asbob-uskuna va texnologiyalarni sotib olishga qaratilagn kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish

Kreditning minimal va maksimal summasi

Import shartnomasining 85%gacha + Ekport-kredit agentligining 100% gacha bo‘lshgan miqdordagi sug‘urta mukofoti (1.000.000,00 evro yoki 1.000.000,00 AQSh dollari

Kredit muddati

10 yilgacha

Kredit valyutasi

Evro yoki AQSh dollari

Foiz stavkasi

Evrodagi kredit uchun:

6 oylik Euribor + LBWW marjasi + ASIA ALLIANCE BANK ATB marjasi

AQSh dollaridagi kredit uchun:

6 oylik Libor + LBWW marjasi + ASIA ALLIANCE BANK

* LBWW marjasi + ASIA ALLIANCE BANK ATB marjasi har bir loyiha uchun alohida belgilanadi

Boshqa moliyaviy xarajatlar:


Kreditni ko‘rib chiqish uchun komissiya(bir martalik)

har bir loyiha uchun alohida belgilanadi (0,5 % atrofida)

Majburiyat uchun komissiya (yillik)

har bir loyiha uchun alohida belgilanadi (0,5 % atrofida)

Ekport-kredit agentligining sug‘urta mukofoti

har bir loyiha uchun alohida belgilanadi (kredit summasining 10% atrofida)

Ishlab chiqaruvchi davlat/mol etkazib beruvchi

LBBW bilan kelishgan holda Germaniya Federativ Respublikasi hamda Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga kiruvchi boshqa davlatlar

KREDITNI KO‘RIB CHIQISH MUDDATI

Kreditni ko‘rib chiqish muddati

Loyihani ko‘rib chiqishning to‘liq muddati:

-Loyihani Bank filialida ko‘rib chiqish jarayoni kerakli hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng boshlanadi. Kreditni ko‘rib chiqish jarayoni davomida loyihaning texnik iqtisodiy asosnomasi, korxona faoliyatining iqtisodiy tahlili va loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari, loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va loyihaning bozor talabiga javob berishiga ta’sir etuvchi kompleks faktorlar hamda loyiha realizatsiyasi bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar batafsil o‘rganilib, Bank filiali Kredit Qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Ko‘rib chiqish muddati 3-10 kun;

-Filial tomonidan taqdim etilgan texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish uchun Loyihani Bank Bosh ofisida o‘rganib chiqish 3-10 kun davomida amalga oshiriladi;

- Xorijiy Bank va Ekport-kredit agentliklari bilan loyiha bo‘yicha kelishuvlarni olib borish va kerakli pul mablag‘larini o‘zlashtirish har bir loyiha bo‘yicha alohida amalga oshiriladi.

“Сommerzbank AG” kredit liniyasi

KREDIT LINIYASI HAQIDA UMUMIY MAʹLUMOT

Kredit maqsadi

“Сommerzbank AG” bilan kelishgan holda Germaniya Federativ Respublikasi hamda Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga kiruvchi boshqa davlatlardan asbob-uskuna va texnologiyalarni sotib olishga qaratilagn kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish

Kreditning minimal va maksimal summasi

Import shartnomasining 85%gacha + Ekport-kredit agentligining 100% gacha bo‘lshgan miqdordagi sug‘urta mukofoti (500.000,00 evro yoki 500.000,00 AQSh dollari

Kredit muddati

10 yilgacha

Kredit valyutasi

Evro yoki AQSh dollari

Foiz stavkasi

Evrodagi kredit uchun:

6 oylik Euribor + “СOMMERZBANK AG” marjasi + ASIA ALLIANCE BANK ATB marjasi

AQSh dollaridagi kredit uchun:

6 oylik Libor + “СOMMERZBANK AG”   marjasi + ASIA ALLIANCE BANK

* “СOMMERZBANK AG” marjasi + ASIA ALLIANCE BANK ATB marjasi har bir loyiha uchun alohida belgilanadi

Boshqa moliyaviy xarajatlar:


Kreditni ko‘rib chiqish uchun komissiya(bir martalik)

har bir loyiha uchun alohida belgilanadi (1 % atrofida)

Majburiyat uchun komissiya (yillik)

har bir loyiha uchun alohida belgilanadi (0,75 % atrofida)

Ekport-kredit agentligining sug‘urta mukofoti

har bir loyiha uchun alohida belgilanadi (kredit summasining 10% atrofida)

Ishlab chiqaruvchi davlat/mol etkazib beruvchi

“СOMMERZBANK AG” bilan kelishgan holda Germaniya Federativ Respublikasi hamda Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga kiruvchi boshqa davlatlar

KREDITNI KO‘RIB CHIQISH MUDDATI

Kreditni ko‘rib chiqish muddati

Loyihani ko‘rib chiqishning to‘liq muddati:

-    Loyihani Bank filialida ko‘rib chiqish jarayoni kerakli hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng boshlanadi. Kreditni ko‘rib chiqish jarayoni davomida loyihaning texnik iqtisodiy asosnomasi, korxona faoliyatining iqtisodiy tahlili va loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari, loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va loyihaning bozor talabiga javob berishiga ta’sir etuvchi kompleks faktorlar hamda loyiha realizatsiyasi bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar batafsil o‘rganilib, Bank filiali Kredit Qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Ko‘rib chiqish muddati 3-10 kun;

-    Filial tomonidan taqdim etilgan texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish uchun Loyihani Bank Bosh ofisida o‘rganib chiqish 3-10 kun davomida amalga oshiriladi;

-    Xorijiy Bank va Ekport-kredit agentliklari bilan loyiha bo‘yicha kelishuvlarni olib borish va kerakli pul mablag‘larini o‘zlashtirish har bir loyiha bo‘yicha alohida amalga oshiriladi.

AKA BANK” kredit liniyasi

KREDIT LINIYASI HAQIDA UMUMIY MAʹLUMOT

Kredit maqsadi

“AKA BANK” bilan kelishgan holda Germaniya Federativ Respublikasi hamda Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga kiruvchi boshqa davlatlardan asbob-uskuna va texnologiyalarni sotib olishga qaratilagn kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish

Kreditning minimal va maksimal summasi

Import shartnomasining 85%gacha + Ekport-kredit agentligining 100% gacha bo‘lshgan miqdordagi sug‘urta mukofoti (500.000,00 evro yoki 500.000,00 AQSh dollari

Kredit muddati

10 yilgacha

Kredit valyutasi

Evro yoki AQSh dollari

Foiz stavkasi

Evrodagi kredit uchun:

6 oylik Euribor + “AKA BANK” marjasi + ASIA ALLIANCE BANK ATB marjasi

AQSh dollaridagi kredit uchun:

6 oylik Libor + “AKA BANK” marjasi + ASIA ALLIANCE BANK

* “AKA BANK” marjasi + ASIA ALLIANCE BANK ATB marjasi har bir loyiha uchun alohida belgilanadi

Boshqa moliyaviy xarajatlar:


Kreditni ko‘rib chiqish uchun komissiya(bir martalik)

har bir loyiha uchun alohida belgilanadi (0,4% atrofida ammo 20.000,00 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda )

Majburiyat uchun komissiya (yillik)

har bir loyiha uchun alohida belgilanadi (0,375 % atrofida)

Ekport-kredit agentligining sug‘urta mukofoti

har bir loyiha uchun alohida belgilanadi (kredit summasining 10% atrofida)

Ishlab chiqaruvchi davlat/mol etkazib beruvchi

“AKA BANK” bilan kelishgan holda Germaniya Federativ Respublikasi hamda Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotiga kiruvchi boshqa davlatlar

KREDITNI KO‘RIB CHIQISH MUDDATI

Kreditni ko‘rib chiqish muddati

Loyihani ko‘rib chiqishning to‘liq muddati:

-    Loyihani Bank filialida ko‘rib chiqish jarayoni kerakli hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng boshlanadi. Kreditni ko‘rib chiqish jarayoni davomida loyihaning texnik iqtisodiy asosnomasi, korxona faoliyatining iqtisodiy tahlili va loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari, loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va loyihaning bozor talabiga javob berishiga ta’sir etuvchi kompleks faktorlar hamda loyiha realizatsiyasi bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar batafsil o‘rganilib, Bank filiali Kredit Qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Ko‘rib chiqish muddati 3-10 kun;

-    Filial tomonidan taqdim etilgan texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish uchun Loyihani Bank Bosh ofisida o‘rganib chiqish 3-10 kun davomida amalga oshiriladi.

PAO “Promsvyazbank” (Rossiya) kredit liniyasi

KREDIT LINIYASI HAQIDA UMUMIY MAʹLUMOT

Kredit valyutasi

Evro yoki rublda

Kredit maqsadi

O‘zbekistonda importni moliyalashtirish

Moliyalashtirish muddati

Har bir amalga oshirilgan to‘lovdan so‘ng 365 kun muddatda, lekin 90 kundan kam bo‘lmasligi zarur

Foiz stavkasi

Taxmiman 10% yillik Evrodagi kreditlar uchun hamda 16% yillik Rossiya rublida ajratilgan kreditlar uchun

Asosiy qarzni qaytarish muddati

Kredit qaytarish muddatining so‘ngida

Foizlarni to‘lab borish davri

Xar chorakda yoki kredit qaytarish muddatining so‘ngida

Muddatidan oldin kreditni qaytarish

PAO “Promsvyazьbank” bilan kelishilgan holda Bank tomonidan amalga oshirilgan xarajatlarning barchasi qoplash sharti bilan

Kontrakt bo‘yicha to‘lov turi

Chegaralanmagan.

Agar to‘lov turi akkreditiv bo‘lsa, ijrochi va tasdiqlovchi Bank PAO “Promsvyazьbank” bo‘lsa, u holda moliyalashtirish 0,2-0,3% yillik foizdan kam bo‘ladi.

KREDITNI KO‘RIB CHIQISH MUDDATI

Kreditni ko‘rib chiqish muddati

Loyihani ko‘rib chiqishning to‘liq muddati:

-    Loyihani Bank filialida ko‘rib chiqish jarayoni kerakli hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng boshlanadi. Kreditni ko‘rib chiqish jarayoni davomida loyihaning texnik iqtisodiy asosnomasi, korxona faoliyatining iqtisodiy tahlili va loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari, loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va loyihaning bozor talabiga javob berishiga ta’sir etuvchi kompleks faktorlar hamda loyiha realizatsiyasi bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar batafsil o‘rganilib, Bank filiali Kredit Qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Ko‘rib chiqish muddati 3-10 kun;

-    Filial tomonidan taqdim etilgan texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish uchun Loyihani Bank Bosh ofisida o‘rganib chiqish 3-10 kun davomida amalga oshiriladi.

AO “Gazprombank” (Rossiya) kredit liniyasi

KREDIT LINIYASI HAQIDA UMUMIY MAʹLUMOT

Kredit valyutasi

Evro, AQSh dollari yoki rublda

Kredit maqsadi

O‘zbekistonda importni moliyalashtirish

Moliyalashtirish muddati

Akkreditiv ochilgan kundan boshlab 1 yil muddatgacha

Foiz stavkasi

Taxmiman 10 % yillik Evrodagi, AQSh dollari yoki kreditlar uchun hamda 16 % yillik Rossiya rublida ajratilgan kreditlar uchun

Asosiy qarzni qaytarish muddati

Kredit qaytarish muddatining so‘ngida

Foizlarni to‘lab borish davri

Xar chorakda

Foizlarni hisoblab borish

Keyingi moliyalashtirish amalga oshirilgan kundan boshlab

Muddatidan oldin kreditni qaytarish

AO “Gazprombank” bilan kelishilgan holda Bank tomonidan amalga oshirilgan xarajatlarning barchasi qoplash sharti bilan

Kontrakt bo‘yicha to‘lov turi

Akkreditiv to‘lov turi

Akkreditiv ochilgani uchun komissiya

Ochilayotgan akkreditiv summasining 1 % miqdorida

Akkreditivga xizmat ko‘rsatish uchun komissiya

Har bir chorak uchun ochilayotgan akkreditivning 1% miqdorida (to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan) (Akkreditiv amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda)

KREDITNI KO‘RIB CHIQISH MUDDATI

Kreditni ko‘rib chiqish muddati

Loyihani ko‘rib chiqishning to‘liq muddati:

-    Loyihani Bank filialida ko‘rib chiqish jarayoni kerakli hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng boshlanadi. Kreditni ko‘rib chiqish jarayoni davomida loyihaning texnik iqtisodiy asosnomasi, korxona faoliyatining iqtisodiy tahlili va loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari, loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va loyihaning bozor talabiga javob berishiga ta’sir etuvchi kompleks faktorlar hamda loyiha realizatsiyasi bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar batafsil o‘rganilib, Bank filiali Kredit Qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Ko‘rib chiqish muddati 3-10 kun;

-    Filial tomonidan taqdim etilgan texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish uchun Loyihani Bank Bosh ofisida o‘rganib chiqish 3-10 kun davomida amalga oshiriladi.

Evropa Investitsiya bankining “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” (qo‘shimcha moliyalashtirish – 2) loyihasi doirasidagi kredit liniyasi

KREDIT LINIYASI HAQIDA UMUMIY MAʹLUMOT

Kredit valyutasi

Evro yoki AQSh dollarida

Bir qarz oluvchiga to‘g‘ri keladigan qarz miqdori

10, 0 million AQSh dollari miqdorigacha.

Kredit muddati

120 oygacha, imtiyozli muddat 36 oygacha.

Qarz oluvchilarning o‘z mablag‘lari bilan ishtiroki

Loyihaning umumiy qiymatidan 20% dan kam bo‘lmagan miqdorda

Atrof-muhitga ta’sirini baholash jarayonini amalga oshirish

Kredit liniyasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan loyiha uchun beriladigan har bir taklif atrof-muhitga ta’sirini baholashdan o‘tishi lozim

Moliyalashtirish talabiga javob beradigan kredit maqsadi

Moliyalashtirish uchun:

- energiya tizimlari (masalan, qozonxonalarni modernizatsiya qilish va boshqa yoqilg‘idan foydalanishga o‘tish, elektr va issiqlik energiyasini kompleks ishlab chiqarish);

- ishlab chiqarish texnologiyalari (masalan, uskunalar, mashinalarni modernizatsiya qilish va almashtirish, ishlab chiqarish maydonlarini kengaytirish);

- issiqlik chiqindilarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish tizimlari (masalan, issiqlik chiqindilarini utilizatsiya qilish va yonuvchan chiqindilarni butunlay yoqib yuborish).

Loyihalarni tanlash va baholash tartibi

• Kompaniya O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va normalariga muvofiq tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi lozim;

• Oxirgi ikki yil mobaynidagi faoliyat daromadli bo‘lishi lozim;

• Moliyaviy tizim va tashkilot, boshqaruv, kadrlar, moliyaviy va boshqa strukturalar qoniqarli bo‘lishi;

• qarz mablag‘larining 75% gacha, o‘z mablag‘larining 25 foizigacha bo‘lishi* (darhol, har bir subkreditni olgandan keyin uch yil ichida va undan keyingi vaqt davomida)

• Subqarzdorlar yillik iste’molning 20% miqdoridagi energiya tejamkorligi va SO2 tashlab yuborish miqdorini Evropa Investitsiya banki bilan kelishgan holda namoyish etishlari kerak.

KREDITNI KO‘RIB CHIQISH MUDDATI

Kreditni ko‘rib chiqish muddati

Loyihani ko‘rib chiqishning to‘liq muddati:

-    Loyihani Bank filialida ko‘rib chiqish jarayoni kerakli hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng boshlanadi. Kreditni ko‘rib chiqish jarayoni davomida loyihaning texnik iqtisodiy asosnomasi, korxona faoliyatining iqtisodiy tahlili va loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari, loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va loyihaning bozor talabiga javob berishiga ta’sir etuvchi kompleks faktorlar hamda loyiha realizatsiyasi bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar batafsil o‘rganilib, Bank filiali Kredit Qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Ko‘rib chiqish muddati 3-10 kun;

-    Filial tomonidan taqdim etilgan texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish uchun Loyihani Bank Bosh ofisida o‘rganib chiqish 3-10 kun davomida amalga oshiriladi;

-    EIB bilan kelishuvlar olib borish va kerakli mablag‘ni o‘zlashtirish o‘rtacha 10 kun davomida amalga oshiriladi.

KREDIT LINIYASI HAQIDA QO‘SHIMCHA MAʹLUMOT

Foiz stavkasi

Foiz stavkasi quyidagilardan iborat:

-EIB foiz miqdori (taxmiman 1,5 % yillik Evrodagi kreditlar uchun va taxmiman 4% yillik AQSh dollaridagi kreditlar uchun)

- O‘zbekiston Respublikasining yillik marjasi

- Bank marjasi (har bir loyiha uchun alohida to‘lanadi)

Asosiy qarzni, foiz va komissiyalarning o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penya

Muddati o‘tgan har bir summaga belgilangan foiz + 2 % yillik

Kreditning ishlatilmagan qismi uchun komissiya

Komissiya quyidagicha hisoblanadi: EIB marjasi + O‘zbekiston Respublikasining marjasi

(Komissiya kreditning ishlatilmagan qismiga kredit shartnomasi imzolangan sanadan boshlab to to‘liq o‘zlashtirilgan sanagacha hisoblanadi. Har olti oyda aynan foiz to‘lanadigan kunda Qarz oluvchi Bankka komissiyani to‘laydi.

Asosiy qarzni qaytarish

Imtiyozli davr tugashi bilanoq har olti oyda bir xil miqdorda to‘lanadi

Foizlarni to‘lash

Har olti oyda kredit summasi o‘zlashtirilgan kundan boshlab

Ishlab chiqaruvchi davlat/mol etkazib beruvchi

EIB bilan kelishilgan holda

Liniya bo‘yicha mablag‘larni o‘zlashtirishning taxminiy muddati

2019 yilning IV choragida

Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi liniyasi hisobiga moliyalashtirish (XSRIK)

KREDIT LINIYASI HAQIDA UMUMIY MAʹLUMOT

Kredit valyutasi

Evro yoki AQSh dollarida

Bir qarz oluvchiga nisbatan moliyalashtirish miqdori

Import shartnomasining 100 % miqdorigacha 500.000,00 AQSh dollaridan 4.000.000,00 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda

Liniyadan foydalanishdan ko‘zlangan asosiy maqsad

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan asbob-uskuna, texnologiya va xomashyo sotib olishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish “Murabaxa” tamoyillari asosida molyalashtirish. Korxonaning asosiy faoliyat turi XSRIK talablariga zid kelmasligi lozim

Moliyalashtirish muddati

5 yilgacha

Ustama

XSRIK bilan kelishilgan holda

Garantiya uchun komissiya

Taxminiy 2 % yillik

Loyihani amalga oshirmoqchi bo‘lgan korxonaga qo‘yiladigan asosiy talablar

-Korxonada 10 kishidan kam bo‘lmagan xodimlar ishlashi;

-Asosiy faoliyat Islom Shariati talablariga zid bo‘lmasligi (Shariat masalalari bo‘yicha XSRIK vakillari bilan muvofiq bo‘lishi)

Majburiyatlarni to‘lash davriyligi

Har chorakda

Ishlab chiqaruvchi davlat/mol etkazib beruvchi

XSRIK bilan kelishilgan holda

Liniya bo‘yicha mablag‘larni o‘zlashtirishning taxminiy muddati

2020 yilning I choragida

KREDITNI KO‘RIB CHIQISH MUDDATI

Kreditni ko‘rib chiqish muddati

Loyihani ko‘rib chiqishning to‘liq muddati:

-    Loyihani Bank filialida ko‘rib chiqish jarayoni kerakli hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng boshlanadi. Kreditni ko‘rib chiqish jarayoni davomida loyihaning texnik iqtisodiy asosnomasi, korxona faoliyatining iqtisodiy tahlili va loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari, loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va loyihaning bozor talabiga javob berishiga ta’sir etuvchi kompleks faktorlar hamda loyiha realizatsiyasi bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar batafsil o‘rganilib, Bank filiali Kredit Qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Ko‘rib chiqish muddati 3-10 kun;

-    Filial tomonidan taqdim etilgan texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish uchun Loyihani Bank Bosh ofisida o‘rganib chiqish 3-10 kun davomida amalga oshiriladi;

-    XSRIK bilan kelishuvlarni olib borish – 10 kungacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi.

XORIJIY LINIYaLAR BO‘YIChA KREDIT OLISh UChUN TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLARNING BAZAVIY RO‘YXATI

Ushbu ro‘yxat yakuniy bo‘lmaganligi bois Bank qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin:

1.            Kredit miqdori, foydalanish muddati, kredit maqsadi, kredit ta’minoti ko‘rsatilgan holdagi Kredit olish uchun ariza;

2.            Kreditni olish uchun ta’sischilar yig‘ilishi Bayonnomasi (agar ta’sischi yagona bo‘lsa Qaror taqdim etilib, ism sharifi qo‘lda to‘liq yozilgan bo‘lishi hamda imzo qo‘yilgan bo‘lishi lozim).

3.            Ustav va ta’sischilar shartnomasi oxirgi nusxasi (oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan);

4.            Ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi Guvoxnoma;

5.            Litsenziya nusxasi;

6.            2000 yil 25 maydagi 73-II sonli “Ekologik xulosa to‘g‘risida” gi Qonuniga asosan Ekologik ekpertiza;

7.            Biznes reja qo‘yidagi majburiy ko‘rsatmalar bilan:

-              Moliyalashtirish davrida hisob raqamga tushadigan pul mablag‘lari (pul oqimlari);

-              Buyurtma portfeli tizimi;

-              Bank tomonidan molyailashtirilgan mablag‘lar hisobiga bozorda taklif etilayotgan xizmatlar, ishlab chiqarilayotgan tovarlar to‘g‘risida ma’lumot;

-              Direktor va hisobchi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot (ish staji, ta’lim);

-              Korxona kichik biznes sub’ekti tarkibiga kirishi yoki kirmasligi to‘g‘risida;

-              Kredit olingandan so‘ng nechta yangi ish o‘rni yaratishi to‘grisida.

8.            Oxirgi hisobot topshirish davridagi Soliq inspektsiyasi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi quyidagi ilovalar bilan:

-              Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

-              Kredit qoplanishi va maqsadli foydalanishi yuzasidan Bankka kerakli qo‘shimcha hujjatlar.

9.            Oxirgi hisobot topshirish davridagi operativ buxgalteriya balansi quyidagi ilovalar bilan:

-              Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

-              Kredit qoplanishi va maqsadli foydalanishi yuzasidan Bankka kerakli qo‘shimcha hujjatlar.

10.          Oxirgi 3 yil uchun auditorlik xulosasi.

11.          Tovar va materiallarni sotib olish uchun shartnoma nusxalari.

12.          Sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi kredit hisobiga sotib olinishi ko‘zda tutilayotgan shartnoma nusxalari

13.          Tovar realizatsiyasi, xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish bo‘yicha shartnoma nusxalari.

14.          Xalqaro narxlar muvofiqligi bo‘yicha shartnoma bilan sotib olinayotgan uskunaning “Uzstandart” agentligida akkredatsiyadan o‘tgan mustaqil konsalting kompaniyasining ekpert xulosasi.

15.          Ma’lumotnoma:

-              Boshqa tashkilotlarni shakllantirishda o‘z kapitali bilan ishtiroki/ishtirok etmasligi to‘g‘risida;

-              Boshqa kreditorlarda qarzdorligi mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risida;

-              Boshqa banklarda saqlanayotgan balansdan tashqari majburiyatlari va bo‘sh turgan pul mablag‘lari mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risida;

-              Xodimlar soni va kichik biznes sub’ektiga kirishi to‘g‘risida;

16.          Agar boshqa banklarda hisob raqami mavjud bo‘lsa, boshqa bank ma’lumotnomasi:

-              Kartoteka 2 mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida;

-              Boshqa bank oldidagi majburiyatlar mavjudligi to‘g‘risida (kreditlar mavjud bo‘lsa, u bo‘yicha qarzdorlik muddati va u bo‘yicha foiz qarzdorligi, olingan kafolatlar va boshqa qarzdorlik to‘g‘risida)

-              Bankda barcha hisob raqamlaridagi qoldiq bo‘yicha;

-              Milliy va xorijiy valyutadagi debet va kredit aylanmasi;

17.          Eksport shartnomalari mavjud bo‘lgan taqdirda boshqa bankdan ushbu shartnomalar ijrosi bo‘yicha yoki ular bo‘yicha majburiyati mavjud emasligi to‘g‘risida;

18.          Byudjet oldida qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risida DSI ma’lumotnomasi.

Mol-mulk garovi bo‘lgan holatda (Qimmatli qog‘ozlar istisno holatda)

1.            Ta’minot uchun taqdim etilayotgan garovning mustaqil baxolovchi tashkilot tomonidan bozor qiymati to‘g‘risidagi hisoboti;

2.            Garovni taqdim etish bo‘yicha ta’sischilar yig‘ilishi Bayonnomasi (agar ta’sischi yagona bo‘lsa Qaror taqdim etiladi).

3.            Egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar:

-              Binoga (kadastr hujjatlari);

-              MAvto transport vositalariga (texnik pasport);

-              MAsbob-uskunalarga (shartnoma, BYuD, tovarni olib kirish uchun kartochka yoki hisob fakturasi);

4.            Ustav va ta’sischilar shartnomasi oxirgi nusxasi (oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan);

5.            Ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi Guvoxnoma;

6.            Oxirgi hisobot topshirish davridagi buxgalteriya balansi quyidagi ilovalar bilan:

-              Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

-              Asosiy vositalar rasshifrovkasi.

7.            Imzo namunalari kartochkasi;

8.            Garov taqdim etuvchi tomonidan quyidagi ma’lumotnomalar:

-              Kartoteka 2 mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida;

-              Boshqa bank oldidagi majburiyatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida (kreditlar bo‘yicha qarzdorlik muddati va u bo‘yicha foiz qarzdorligi, olingan kafolatlar va boshqa qarzdorlik to‘g‘risida);

-              Bankda barcha hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari qoldig‘i bo‘yicha.

Kafillik taqdim etilgan holatlarda:

-              Oxirgi hisobot topshirish davridagi buxgalteriya balansi quyidagi ilovalar bilan:

-              Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

-              Debitor va kreditor qarzdorlik rasshifrovkasi (90 kundan oshgan qarzdorlik uchun dalolatnoma);

-              Kredit qoplanishi va maqsadli foydalanishi yuzasidan Bankka kerakli qo‘shimcha hujjatlar.

-              Oxirgi hisobot topshirish davridagi operativ buxgalteriya balansi quyidagi ilovalar bilan:

-              Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

-              Debitor va kreditor qarzdorlik rasshifrovkasi (90 kundan oshgan qarzdorlik uchun dalolatnoma);

-              Kredit qoplanishi va maqsadli foydalanishi yuzasidan Bankka kerakli qo‘shimcha hujjatlar.

            Ma’lumotnoma:

-              Boshqa tashkilotlarni shakllantirishda o‘z kapitali bilan ishtiroki/ishtirok etmasligi to‘g‘risida;

-              Boshqa kreditorlarda qarzdorligi mavjudligi to‘g‘risida;

-              Ustav va ta’sischilar shartnomasi oxirgi nusxasi (oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan);

-              Kafillik berish uchun ta’sischilar yig‘ilishi Bayonnomasi (agar ta’sischi yagona bo‘lsa Qaror). (Imzo namunalari kartochkasi).

-              Kafilning hisob-raqami mavjud bo‘lgan bankdan Kartoteka 2 mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida, bank oldidagi majburiyatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida (kreditlar bo‘yicha qarzdorlik muddati va u bo‘yicha foiz qarzdorligi, olingan kafolatlar va boshqa qarzdorlik to‘g‘risida), Bankda barcha hisob raqamlaridagi qoldiq bo‘yicha Bank ma’lumotnomasi:

-              Mustaqil auditorning Kafilning oxirgi hisobot davri uchun taqdim etgan hisobotining buxgalteriya hisobi muvofiqligini tasdiqlovchi auditorlik xulosasi.

Valyuta kurslari

15.10.2019 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 9455.24
1 EUR = 10438.58
1 RUB = 147.25
1 GBP = 11958.04
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech