Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Faktoring – bankka akceptlangan biroq to‘lovchi tomonidan to‘lanmangan etkazib berilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun to‘lov talabnomasi asosida regress huquqisiz to‘lovlarni qabul qilish orqali mol etkazib beruvchini moliyalashtirish xizmati.

Faktoring xizmatlari asosiy talab qilib olinguncha hisob raqamiga ega bo‘lgan mol etkazib beruvchilarga ko‘rsatiladi. To‘lovchida muddati o‘tgan kredit qarzdoriklari, zararlar, nolikvid balans va to‘lovga noqobillik omillari bo‘lmasligi lozim.

Asosiy shartlar:

Faktoring muddati – 90 kundan ko‘p bo‘lmagan holda;
Faktoringdan ko‘riladigan diskont – (mol etkazib beruvchiga bank tomonidan to‘lab berilgan summa to‘lovchidan undirilgan semma o‘rtasidagi farq) – 10-20% yoki asosiy majburiyat summasidan kelib chiqgan holda foizlarda factoring shartnomasi muddati davomida amalga oshiriladi.

Faktoring xizmatidan foydalanish uchun taqdim qilinadigan xujjatlar r'oyhati:

  • Faktoring operaciyalarini amalga oshirish uchun yoziladigan ;
  • Mol etkazib beruvchi va to‘lovchi o‘rtasida tuzilgan va haqiqiysi bilan solishtiradigan oldi – sotdi (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) shartnomasi nuhasi. Shartnomada to‘lov muddati aniq ko‘rsatilish lozim;
  • Etkazib berilgan tovarlarni ( bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) haqiqatda etkazib berilganini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
  • To‘lovchi tomonidan boshqa banklarida ochilgan hisobraqamlar ruyxati.


To‘lovchining moliyaviy holatini tekshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:

  • So‘ngi hisobot davri uchun buhgalteriya hisoboti;
  • Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot;
  • Moliyaviy majburiyatlar to‘g‘risida ma’lumotnoma, pul oqimi haqida hisobot;
  • Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarining shakllanish sanasi bilan birga yozilgan ma’lumot;
  • Mol etkazib beruvchining to‘lovchi bilan hisobot-kitoblari, etkazib berilgan tovarlari hajmi va uning aylanuvchanligini aks ettiruvshi hisob-kitob hujjatlari.

Valyuta kurslari

21.05.2019 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 8460.92
1 EUR = 9439
1 RUB = 131.06
1 GBP = 10760.6
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech