Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Shaxsiy kabinet


Shaxsiy kabinet – ushbu xizmat yordamida Bank mijozi, jismoniy yoki yuridik shaxs Internet orqali o’z hisobvarag’i holatini nazorat qilishi mumkin.

“Shaxsiy kabinet”ga kirish uchun taalluqli maydonda login va parolni kiritish kerak.
Jismoniy shaxslar uchun login pasport seriyasi va raqamidan iborat bo’ladi.
Yuridik shaxslar uchun NIBBD tomonidan beriladigan raqam – mijoz kodi login bo’lib xizmat qiladi.
“Shaxsiy kabinet”ga dastlabki kirishda login kiritilgandan so’ng “Parol olish” tugmachasini bosish kerak. Shundan so’ng mobil telefoniga (bankka taqdim qilingan taalluqli ma’lumotlar asosida) belgilar to’plamini o’z ichiga olgan SMS xabar keladi, ushbu belgilarni “Parol” satriga kiritish kerak. So’ngra “Kirish” tugmachasini bosish kerak.

Saytda quyidagi menyu punktlari mavjud:

  • Asosiy;
  • Depozitlar;
  • Kreditlar;
  • Plastik kartochkalar;
  • Interaktiv xizmatlar;
  • Chiqish.

Tizimga kirgandan so’ng, “Asosiy” menyu punkti ochiladi. Bu yerda o’z shaxsiy ma’lumotlarini (ismi, familiyasi, otasining ismi va manzilini), shuningdek hisobvaraq to’g’risidagi ma’lumotlarni (hisobvarag’i ochilgan filial kodi, hisob-kitob hisobvarag’ining o’zi, hisobvaraqdagi qoldiq) ko’rib chiqish mumkin. 

Agar jamg’arma depozitlaridagi omonat hisobvarag’lari ochilsa, “Depozitlar” punktiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:   

  • Depozit nomlanishi;
  • Omonat qo’yilgan sana;
  • Foiz stavkasi;
  • Depozit qoldig’i;
  • Depozit bo’yicha hisoblab yozilgan foizlar;
  • Depozit bo’yicha to’langan foizlar.

Bank krediti mavjud bo’lsa, “Kreditlar” punktiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

  • Kredit turi;
  • Valyuta kodi;
  • Shartnoma bo’yicha summa;
  • Shartnomaning amal qilishi boshlangan sana;
  • Shartnomaning yopilish sanasi;
  • Muddatli va to’lov muddati kechiktirilgan qarzlar summasi;
  • Kredit uchun hisoblab yozilgan foizlar.

Plastik kartochkalar” menyu punktiga mazkur bankda ochilgan plastik kartochkalar bo’yicha ma’lumotlar kiritiladi. O’zbekistonda joriy qilingan plastik kartochkalar turlari nomlanishlari bo’yicha o’tib, ular bo’yicha tranzaktsiyalar to’g’risida batafsil axborot olish mumkin.

Agar “Smart Vista (UzCard Online)”da hisobvaraq ochilsa quyidagi ma’lumotlarni olish mumkin:

  • O’z hisobvarag’i valyuta kodi;
  • Kartochka raqami;
  • Hisobvaraq;
  • Plastik kartochkangizdagi qoldiq;
  • U bo’yicha operatsiya amalga oshirilgan kun;
  • Operatsiya turi;
  • Operatsiya xususiyati;
  • O’tkazma summasi;
  • Kartochkani blokirovka qilish.

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun “Shaxsiy kabinet” tizim bo’yicha hisobvaraqlar yuritish bepul.

Valyuta kurslari

21.05.2019 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 8460.92
1 EUR = 9439
1 RUB = 131.06
1 GBP = 10760.6
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech