Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“ASIA ALLIANCE BANK” ATBning 2017-2020 yillar davri uchun o’rtacha muddatli rivojlanish strategiyasi bank aksiyadorlari navbatdan tashqari umumiy yig’ilishining 2017 yil 31 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan. Bank strategiyasi bank faoliyati, Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirishning asosiy yo’nalishlariga muvofiq Bankning o’rtacha muddatli istiqboldagi maqsad va vazifalarini belgilab beradi.

Bank rivojlanish strategiyasi bank faoliyatini yanada rivojlantirish va ta’minlash uchun uning salohiyatidan to’liqroq va samaraliroq foydalanishni amalga oshirish orqali bankning investisiyalash jozibadorligi va aksiyadorlik qiymati o’sishini ta’minlashga yo’naltirilgan.

Strategiyaning asosiy yo’nalishlari

1. Bozorning asosiy segmentlarida bankning raqobat mavqelarini yanada mustahkamlash: aktivlar, kredit portfeli va depozit bazasi, kapitallashtirish, investisiya portfeli hajmi bo’yicha bozor ulushini oshirish.

2. Iqtisodiyotni zamonaviylashtirish, texnik va texnologik jihatdan qayta ta’minlash sohasida investisiya faolligini va moliyalash hajmlarini oshirish, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlashda faol ishtirok qilish: bank tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo’linmalarning kreditlash sohasidagi faoliyatini tashkil qilish va samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirish, kadrlar salohiyatini kuchaytirish. Kichik biznes va chakana kreditlar ulushi oshirilgan holda kredit portfelini diversifikasiya qilish. Raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida maqsadli segmentlar uchun mahsulot ishlab chiqarilishini differensiasiyalash. Tavakkalchiliklarni boshqarish, kredit tarixi institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish va ilg’or skoring modellarini tatbiq qilishning zamonaviy usullari asosida loyihalarni baholash va monitoring qilish sohasidagi ishlarni takomillashtirish orqali kredit portfeli yuqori sifatini ta’minlash.

3. Korporativ biznesni rivojlantirish: bank operasiyalari rentabelligini yetarli darajada saqlagan holda mijozlarga sifatli, o’z vaqtida xizmat ko’rsatilishini ta’minlash imkonini beradigan mijozga yo’naltirilgan biznes modelini tatbiq qilish. Bank uchun ustuvor iqtisodiyot sektorlariga ajratilgan mijozlarning maqsadli toifalariga hamda ular bilan majmui xizmat ko’rsatish tamoyili asosida uzoq muddatli va o’zaro foydali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga va mijoz menejerlari tizimini rivojlantirishga diqqat-e’tiborni jamlash.

4. Chakana biznesni rivojlantirish: aholiga ayrim bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif qilishdan moliya xizmatlari sohasidagi aksariyat ehtiyojlarini qondirish va operasiyalar katta qismiga xizmat ko’rsatish imkonini beradigan mijozlar bilan o’zaro hamkorlikning majmui modelini shakllantirishga o’tish. Mahsulotlar rastalarini hamda savdo va xizmat ko’rsatish barcha kanallarini rivojlantirish – mijozlarga xizmat ko’rsatishning to’liq funksional va ko’p kanalli tizimini shakllantirish va kross-sotuvlar hisobiga tranzaksiya biznesini yanada rivojlantirish, mahsulotga takliflarni va operaiyalar aksariyat qismini avtomatlashtirilgan savdo-sotiqlar va xizmat ko’rsatish kanallarini kengaytirish.

5. Bankning operasion modeli samaradorligini oshirish: bank boshqaruv tizimini, biznes-jarayonlar avtomatlashtirilishi va optimallashtirilishini, bank mahsulotlari standartlashtirilishini takomillashtirish, shuningdek mehnat unumdorligini oshirish.

6. Bankning mavjud axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish va modernizasiyalash: istiqbolli innovasiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va joriy qilish, telekommunikasiya infratuzilmasini va texnik vositalar majmualarini takomillashtirish, savdo-sotiqlarning elektron kanallarini rivojlantirish.

7. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar bilan hamkorlikni kengaytirish: korrespondentlar tarmoqlarini rivojlantirish va kredit liniyalarini (ABR, IBR, IKRChS) jalb qilish va o’zlashtirish, savdoni moliyalash sohasidagi operasiya hajmini oshirish. Banklarning xalqaro reytingi va nufuzini yaxshilash sohasidagi ishlarni amalga oshirish, bankning investiion jozibadorligini oshirish va strategik investorni jalb qilish.

8. Korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish: Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini tatbiq qilish, bank timsolini eng ishonchli, keng imkoniyatli va texnologik moliya muassasasi sifatida shakllantirish va mustahkamlash orqali bank nufuzi va shaffofligi oshirilishini nazarda tutadigan yanada samarali axborot siyosatini olib borish.

9. Biznesga zamonaviy integrallashgan tavakkalchilik-menejment jarayonlari asosida tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini rivojlantirish.

10. Kuchli kadrlar siyosatini tatbiq qilish va amalga oshirish: inson resurslarini zamonaviy boshqarish, shu jumladan o’qish, xizmat martabalari oshishi, rivojlanish va mustaqil ravishda takomillashish tizimini yaratish.

«ASIA ALLIANCE BANK» ATBni strategik rivojlantirishning maqsad va vazifalarini bajarish Bank Kengashi va Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan yillik biznes rejalar doirasida amalga oshiriladi.









Valyuta kurslari

03.12.2019 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 9510.99
1 EUR = 10476.36
1 RUB = 147.79
1 GBP = 12300.56
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech