Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Xalqaro reyting 

2011 yilning noyabr oyidan boshlab bank «Moody’s Investor Service» xalqaro reyting agentligining reytinglariga ega bo’lib kelmoqda. «ASIA ALLIANCE BANK» bankiga quyidagi reytinglar berilgan:

  • Bankning uzoq muddatli tavakkalchilik bahosi “B1” darajada (CR Assessment).

  • B3/Not Prime darajasidagi depozitlarning uzoq muddatli va qisqa muddali reytinglari.

Bankning barcha reytinglari «Barqaror» istiqbolli hisoblanadi. 2014 yilning iyulida reyting agentligi tomonidan bankning kredit reytinglari tasdiqlandi.

2015 yilning 20 martida reyting agentligi tomonidan bankning kredit reytinglari tasdiqlandi.

2015 yilning 26 avgustida mazkur reyting agentligi tomonidan bankning kredit reytinglari tasdiqlandi.

2016 yilning 8 iyulida mazkur reyting agentligi tomonidan bankning kredit reytinglari tasdiqlandi.

2016 yilning 20 dekabrida “Moody’s Investors Service” xalqaro reyting agentligi milliy va horijiy valyutadagi uzoq muddatli reytinglarini B3 dan B2 ga ko’tardi.

Milliy reyting

Bank «Axbor-reyting» mahalliy reyting agentligining kredit reytingiga ega. «Barqaror» istiqboliga ega bo’lgan birinchi «uzB+» reytingi 2010 yilning avgustida berildi. 2011 yilning avgust oyida reyting qayta ko’rib chiqildi va «Barqaror» istiqboliga ega bo’lgan «uzB++» gacha oshirildi.  2012 yilning iyulida esa reyting agentligi bank reytingini «Barqaror» istiqboliga ega bo’lgan «uzA» gacha oshirdi.

Bankning 2014 yilning 9 oylik faoliyati monitoringi yakunlari bo’yicha reyting agentligi bank reytingini «Barqaror» istiqboliga ega bo’lgan «uzA+» gacha oshirdi. "uzA+" reytingi bank faoliyatidagi bankning kreditga layoqatliligining juda yuqori darajasini va kredit xatarining juda past darajasiga ega ekanligini bildiradi. "uzA+" reytingining Bank-egasi kreditorlar, depozitarlar va investorlar oldida o’zining moliyaviy majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq bajarish uchun juda yuqori potensiali bilan tavsiflanadi.

2015 yilning sentyabrida «Ahbor-Reyting» reyting agentligi tomonidan «Barqaror» istiqboliga ega bo’lgan «uzA+» milliy shkala bo’yicha bankning individual kredit reytingi tasdiqlandi.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB tomonidan berilgan reyting bankning bozordagi yuqori ishbilarmonlik faolligini, dinamik tarzda rivojlanib kelayotgan tijorat tarmoғini, adekvat kapitalizatsiyani va balanslangan likvidli pozitsiyani namoyon etadi. “biznes miqyoslarini kengaytirishga va bankning bozordagi pozitsiyasini mustahkamlashga yo’naltirilgan aniq strategiya ASIA ALLIANCE BANK” ATB biznesining qo’shimcha barqarorlik holatini bildiradi.

Valyuta kurslari

16.07.2019 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 8584.5
1 EUR = 9673.87
1 RUB = 136.34
1 GBP = 10793.29
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech