Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  25 Mart 2020, 09:23

Mikroqarz – har qanday maqsad uchun kerakli mablag’ni olishning tez va qulay usuli. Ushbu zamonaviy vosita nimanidir ta’mirlash, o’qishga to’lash, davolanish, hisob-kitob qilish, yo’llanma, mebel, texnikani xarid qilish yoki qarzni shoshilinch qaytarish zarurati bilan bog’liq ko’zda tutilmagan xarajatlar uchun darxol pul mablag’lari kerak bo’lgan odamlarga murakkab moliyaviy vaziyatdan chiqish imkonini beradi.

Bank tomonidan mikroqarz berilishi naqd pulsiz shaklda mablag’lar plastik kartochkaga o’tkazish orqali yohud bank kassasidan naqd pul mablag’lari ajratish orqali amalga oshiriladi.

Mikroqarz ushbu olinadigan mikroqarz bo’yicha har oylik to`lovni to’lash uchun yetarli bo’lgan doimiy daromadga ega jismoniy shaxslarga beriladi.

Oylik ish haqi loyihalari doirasida ochilgan “ASIA ALLIANCE BANK” ATB plastik kartalari egalariga yanada qulay va jozibador shartlar taqdim qilinadi.

Mikroqarz «Tezkor»

Maksimal summa

Ariza berilgan kundagi Bazaviy Hisoblash Miqdori (BHM)ning 100 barobarigacha miqdorda

Maksimal muddat

24 oygacha

Berish shakli

"ASIA ALLIANCE BANK” ATBda ochilgan so’mdagi plastik kartochkaga

Foiz stavkasi

Yillik 31,99%

Kerakli hujjatlar

  • Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.);
  • Daromadlarini tasdiqlovchi hujjat;
  • Mikroqarz ta`minoti bo’yicha hujjatlar.

Ta'minot

  • Bazaviy Hisoblash Miqdori (BHM)ning 75 barobarigacha miqdordagi mikroqarz uchun bankning mikroqarz summasining eng kamida 125%i miqdoridagi summaga talabini qondiradigan uchinchi shaxs kafilligi /sug’urta polisi yoki boshqa likvidli ta’minot;
  • Bazaviy Hisoblash Miqdori (BHM)ning 75 barobaridan yuqori miqdordagi mikroqarz uchun bankning mikroqarz summasining eng kamida 125%i miqdoridagi summaga talabini qondiradigan mikroqarzni to’lamaslik tavakkalchiligidan sug’urta polisi yoki likvidli mulk garovi.


Mikroqarz «Ishonch plyus»


Mikroqarz oluvchilar

“ASIA ALLIANCE BANK” ATBda ish haqi loyihasi doirasida yoki pensiya hisoblab yozish uchun ochilgan maxsus so’mdagi kartochka hisobvarag’iga ega jismoniy shaxslar.

Maksimal summa

Ariza berilgan kundagi Bazaviy Hisoblash Miqdori (BHM)ning 100 barobarigacha miqdorda

Maksimal muddat

24 oygacha

Berish shakli

“ASIA ALLIANCE BANK” ATBda ochilgan so’mdagi plastik kartochkaga

Foiz stavkasi

Yillik 28%

Kerakli hujjatlar

Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.)

Ta'minot

  • Bazaviy Hisoblash Miqdori (BHM)ning 75 barobarigacha miqdordagi mikroqarz uchun bankning mikroqarz summasining eng kamida 125%i miqdoridagi summaga talabini qondiradigan uchinchi shaxs kafilligi /sug’urta polisi yoki boshqa likvidli ta’minot;
  • Bazaviy Hisoblash Miqdori (BHM)ning 75 barobaridan yuqori miqdordagi mikroqarz uchun bankning mikroqarz summasining eng kamida 125%i miqdoridagi summaga talabini qondiradigan mikroqarzni to’lamaslik tavakkalchiligidan sug’urta polisi yoki likvidli mulk garovi.

Mikroqarz «Fursat»


Maksimal summa

Ariza berilgan kundagi Bazaviy Hisoblash Miqdori (BHM)ning 50 barobarigacha miqdorda

Maksimal muddat

  12 oygacha

Berish shakli

"ASIA ALLIANCE BANK” ATBda ochilgan so’mdagi plastik kartochkaga

Foiz stavkasi

Yillik 30%

Kerakli hujjatlar

  • Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.);
  • Daromadlarini tasdiqlovchi hujjat;
  • Mikroqarz ta`minoti bo’yicha hujjatlar.

Ta'minot

  • mikroqarz summasining eng kamida 125%i miqdoridagi summaga bank talabini qondiradigan uchinchi shaxs kafilligi /sug’urta polisi yoki boshqa likvidli ta’minot;


Kalkulyator

Talab qilinadigan kredit summasini kiriting
Kreditni to’lash uchun oylar miqdorini tanlang
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech