Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

ASIA ALLIANCE BANK” ATB, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga quyidagi kreditlarni taklif etadi.

Kreditlar qaytarishlik, to’lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida ajratiladi.

Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o’zini-o’zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:

  • Aylanma mablag’larni to’ldirishga - 18 oy muddatgacha;

  • Qarz oluvchi o’z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag’larni shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga - 12 oy muddatgacha;

  • Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag’larni to’ldirishga - 24 oy muddatgacha;

  • Investitsion loyihalar uchun – 36 oy muddatgacha.

Kredit miqdori - kreditlanadigan loyiha shartlaridan kelib chiqqan holda belgilaniladi.

Investitsion loyihalar uchun, loyihada qarz oluvchining o’z mablag‘lari bilan bo’lgan ishtiroki - loyiha qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan holda.

Kreditlar quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

  • Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun - xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarni xarid qilish, xizmatlar va bajarilgan ishlarga haq to’lash, tovarlar zahirasini to’ldirish, mahsulotlar assortimentini kengaytirish, mavsumiy xaridlarni amalga oshirish, biznesni kengaytirish va h.k.

  • Investitsion loyihalar uchun - turli maqsaddagi uskuna va jihozlar, yengil va yuk tashuvchi avtotransport vositalari, turli maqsaddagi maxsus texnikalar, ko’chmas mulk, biznesda qo’llaniladigan boshqa asosiy vositalarni sotib olish va h.k.

Kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi - xavf - xatarlilik darajasi, moliyalashtirish manbalari va loyihaning amalga oshirilishi bilan bog’liq bo’lgan boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Kredit ta’iminoti - umumiy kredit miqdorining 125 foizidan kam bo’lmagan bank talablarini qondiruvchi (ko‘chmas mulk, asbob - uskunlar, transport vositalari, pul mablag‘lari va boshqalar) garov ta’minoti.

Qarz oluvchi kredit olish uchun xizmat ko’rsatuvchi tijorat bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • Ariza;

  • Qarz oluvchining ta’sis hujjatlari;

  • Qarzdor nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;

  • Qarz oluvchining bank hisobvarag’iga pul tushimlari (pul oqimi) prognozi ko’rsatilgan biznes-reja;

  • Qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspektsiyasiga taqdim qilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl) va moliyaviy natijalar tog’risida hisobot (2-son shakl);

  • To’qson kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari.

Ushbu hujjatlar ro’yxati kredit xizmatlarini amalga oshirish uchun yetarli bo’lmagan holda bank hodimlari tomonidan qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.


Kredit uchun ariza


Select date in calendar

* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar

Valyuta kurslari

19.11.2019 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 9500.96
1 EUR = 10498.56
1 RUB = 149.01
1 GBP = 12255.29
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech