Firibgarlik holatlari ko‘payib borayotgani, xususan, bir kartadan boshqa kartaga pul o‘tkazish xizmatlarini taklif qiluvchi internet-resurslar ko’payib borishi munosabati bilan xat yoki telefon orqali hech qanday shaxsiy ma'lumotlaringizni (SMS orqali kelgan maxfiy kodlar, ism, familiya, karta raqami, amal qilish muddati, PIN kodlar va boshqa ma’lumotlar) bermaslikni va firibgarlar tomonidan taklif qilingan hech qanday harakatni bajarmaslikni qat’iy tavsiya qilamiz. Esda tuting: PIN-kod  - bu pulingiz kalitidir. Sizning plastik kartangiz esa faqat sizniki. Har qanday operatsiyani amalga oshirishda faqat bank bilan maslahatlashing va uchinchi shaxslarga yordam yoki maslahat olish uchun murojaat qilmang.

Firibgarlar manipulyatsiyaning yangidan yangi psixologik usullaridan foydalanadilar: psixologik bosim va mijozni bir martalik kod bilan firibgarlik operatsiyasini tasdiqlashga ishontirishga urinishlar bilan chalg'itish. Ular firibgarlik sxemalarida Markaziy bank va Click, Payme va boshqa to‘lov tizimlari nomidan ish ko‘ra boshladilar.

Esingizda bo'lsin, firibgarlarning asosiy hiylalaridan biri odamlarni shoshiltirishlik bo'lib, u odamni "pul yo'qotmaslik" uchun tezkor harakatlarga va noto'g'ri qarorlar qabul qilishga undaydi. Ehtiyot bo'ling!

Banklarning omonatga pul joylashtirish bo'yicha takliflarini inobatga olgan holda, har qanday odamda "mening mablag'im qanchalik xavfsiz bo'ladi?", degan savol ham tug'iladi.

Shu bilan birga, davlat tomonidan muayyan vaziyatlar yuzaga kelganda fuqarolarga pul mablag'larini qaytarishni ta'minlaydigan omonatlarni kafolatlash tizimi yaratilganligini bilish muhimdir.

Ushbu tizim omonatning hajmi va valyutasidan qat’iy nazar, 100 foiz qaytarilishini kafolatlaydi (Omonatlarni to‘liq qaytarish kafolatlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi «Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Tijorat banklaridagi omonatlarini himoyalash kafolatlarini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-4057-sonli Farmoni bilan kiritilgan)