Hurmatli ASIA ALLIANCE BANK ATB mijozlari!

Sizga shuni ma'lum qilamizki, Bankning yagona kodi (MFOsi)ga bosqichma-bosqich o'tishi va filiallar bank xizmatlari markazlariga aylantirilishi munosabati bilan, "ASIA ALLIANCE BANK" ATB bankning barcha filiallarini yagona kodli bank xizmatlari markazlariga (MFO) 01095 ga aylantiradi.

Shu bilan birga, barcha mijozlar uchun bank ofislarining manzillari (joylashuvi) va Bankning xizmat ko'rsatish shartlari o’zgarishsiz qoladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Bank tomonidan bank hisobvaraqlariga tegishli o‘zgartirishlar (faqat hisobvaraq rekvizitlariga o‘zgartirishlar kiritiladi) kiritilishini ma’lum qilamiz: ASIA ALLIANCE BANK ATBda ochilgan va xizmat ko'rsatiladigan bank hisobvaraqlaringiz quyidagicha o'zgartiriladi:

MFO: 01095

H/ r: (MFO 01095dagi yangi hisobvaraqlar)

STIR: 207018693

"ASIA ALLIANCE BANK" ATB, o'z navbatida, bank hisobvarag’ining rekvizitlari o’zgarishidan tashqari boshqa barcha xizmat ko’rsatish shartlari o’zgarishsiz qolishi majburiyatini o’z zimmasiga oladi va tasdiqlaydi. Yangilangan bank hisobvaraqlari bilan siz bankning onlayn tizimi orqali yoki bank ofislariga shaxsan tashrif buyurgan holda tanishishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot uchun 71 231 60 00 raqamiga murojaat qilishingizni so'raymiz.

Hurmat bilan,

Boshqaruv Raisi    Gimadiyev S. A.