Mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama yetuk bo‘lib voyaga yetishi, ularning mustaqil hayotga qadam qo‘yishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish yo‘nalishida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
So‘nggi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatiga daxldor huquqiy baza yana-da takomillashtirilib, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Shuningdek, Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Ushbu farmon asosida Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. Agentlik yoshlar siyosati sohasida qabul qilingan qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qaroriga muvofiq, Bank tizimida Yoshlar yetakchilari kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bankning Yoshlar yetakchilari kengashi tarkibi quyidagi yosh xodimlardan iborat:
1. Juravoyev Moxirbek Ulug‘bek o‘g‘li - Tashkiliy-nazorat boshqarmasi boshlig’i o‘rinbosari.
2. Niyozov Shaxzod Shuxrat o‘g‘li – “Alliance Pay” boshqarmasi bosh mutaxassisi;
3. Iskanov Islom Ikrom o‘g‘li - Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi Valyuta amaliyotlari bo‘limi bosh mutaxassisi.
Yoshlar yetakchilari kengashi o‘z faoliyatida yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish, huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, bank tizimida mehnat qilayotgan yosh mutaxassislarning taklif va fikrlarini ilgari surishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.