Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangilangan sana:  5 Iyun 2018, 10:48

Chop etish sanasi: 30.05.2018 y.
Muddat: gacha: 30.06.2018 y.
Ko'rishlar: 1473

Yangi qattiq disklarni yetkazib berish va ularni tayyor holatda installyatsiyalash uchun tanlovga taklif etish toʻgʻrisida e’lon.

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB yangi qattiq disklarni yetkazib berish va ularni tayyor holatda installyatsiyalash uchun tanlovda qatnashishga taklif etadi.

Ushbu tanlovning maqsadi mazkur Tanlov Hujjatlarining 1-son ilovasida koʻrsatilgan yangi qattiq disklarni xarid qilish va ularni tayyor holatda installyatsiyalash yoʻli bilan «Asia Alliance Bank» ATBda foydalanilayotgan IBM Storwize V 7000ning asosiy, zaxira va uzoqlashgan disk nimtizimida boʻsh joyni oshirish hisoblanadi.

Ushbu tanlov doirasida koʻrsatilayotgan xizmatlar tarkibiga qoʻyiladigan talablar:

1.      Tanlov ishtirokchisi toʻliq ishga yaroqli, yangi (ilgari foydalanilmagan (qayta tiklanmagan)) qattiq disklarni yetkazib berishi shart.

2.      Qattiq disklar huddi disk nimtizimlaridek kabi bitta ishlab chiqaruvchidan boʻlishi kerak.

3.      Qattiq disklarga kafolat kamida 12 oy boʻlishi kerak.

4.      Tanlov ishtirokchisi u tomonidan yetkazib berilayotgan uskuna Buyurtmachining mavjud disk nimtizimlariga tayyor holatda mos kelishini va toʻliq, qoʻshimcha apparat va dasturiy vositalarisiz integrallashishini kafolatlashi kerak.

5.      Installyatsiya faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida uskunalar ishlab chiqaruvchisi servis markazining sertifikatlangan mutaxassislari tomonidan bajarilishi kerak yoxud tanlov ishtirokchisi oʻz shtatida yetkazib berilayotgan komponentlarning kamida uchta sertifikatlangan mutaxassisga ega boʻlishi kerak.

6.      Tanlov ishtirokchisi Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu sohada yetkazib berish va tayyor holatda installyatsiyalash ishlari tajribasiga ega boʻlishi kerak.

7.      Etkazib berilayotgan butlovchi qismlar 1-son ilovada koʻrsatilgan tavsiflarga toʻliq mos kelishi kerak.

8.      Tanlov ishtirokchisi uning aybiga koʻra sodir boʻlgan xizmat koʻrsatilayotgan uskunaning apparat ta’minoti ishdan chiqqanligi uchun javobgar boʻladi.

9.      Tanlov ishtirokchisi tayyor holatda installyatsiyalash boʻyicha quyidagi ishlarni bajarish majburiyatini oladi:

Yangi qattiq disklarni mavjud disk nimtizimlariga oʻrnatish;

Buyurtmachining talabiga koʻra yangi qattiq disklar formatlanishini amalga oshirish;

Buyurtmachining talabiga koʻra fayl tizimlarini yaratish va montaj qilish;

Yuqorida sanab oʻtilgan barcha ishlarni zaxira va uzoqlashgan disk nimtizimi bilan qaytarish;

Buyurtmachining talablariga muvofiq oʻzga ishlar;

10. Texnikaviy yoki oʻzga yaqqol yoki yashirin sabablarga koʻra yetkazib berilayotgan uskunalarni yetkazib berish va installyatsiyalash boʻyicha ishlarni muvaffaqiyatli yakunlash imkoni boʻlmagan taqdirda, Buyurtmachi yetkazib berilayotgan uskunalardan bosh tortish huquqiga ega.

Tanlovning ehtimoldagi Ishtirokchisi quyidagi mezonlarga mos kelishi kerak:

·         Tanlovda xizmatlarning yuqori sifati va oʻz vaqtida koʻrsatilishini kafolatlovchi va tanlovda qatnashish uchun qoʻyilgan talablarni bajargan ham xorijiy, ham mahalliy firma va tashkilotlar qatnashishi mumkin;

·         Kompaniya qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida boʻlmasligi kerak;

·         Kompaniya bank bilan sud yoki xoʻjalik oid muhokama etish holatida boʻlmasligi kerak.

·         Tanlov e’lon qilingunga qadar kamida 6 oy oldin ta’sis etilganlar.

Tanlov takliflari quyida keltirilgan axborot va hujjatlardan iborat boʻlishi kerak:

  • Titul varagʻi;
  • Texnik mutaxassislarining sertifikatlari;
  • OʻzR hududida IBMning avtorizatsiyalangan sherigi statusi tasdiqlovi;
  • Xizmatlarni bajarish muddatlari va shartlari;
  • Etkazib berilayotgan uskunalar va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun narxlar jadvali bilan tijorat taklifi.

Tanlov taklifini rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar:

1.      Tanlov taklifi bitta nusxada muhrlangan konvertda taqdim qilinishi kerak.

2.      Konvertda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

a.       «Asia Alliance Bank» ATBning nomi va manzili;

b.      Tanlov predmeti;

c.       Tanlov Ishtirokchisining toʻliq nomi va uning manzili;

3.      Konvertda quyidagilar boʻlishi kerak:

a.       Tanlov taklifi tarkibiga kiruvchi hujjatlar roʻyxati;

b.      Butlovchi qismlar uchun narxlar, tayyor holatda installyatsiyalash boʻyicha xizmatlar qiymati, toʻlov valyutasi va hisob-kitoblar shartlari koʻrsatilgan tijorat taklifi.

Tanlov hujjatlarning

1-son ilovasi

«Asia Alliance Bank» ATBda tayyor holatda installyatsiyalash bilan qattiq disklar roʻyxati

Nomi

Description

Miqdor

Q-ty

IBM HDD 1.8TB 10K RPM 2.5in SAS kattiq magnit diskida toʻplagichi

12



Valyuta kurslari

18.02.2020 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 9528.49
1 EUR = 10319.35
1 RUB = 150.07
1 GBP = 12430.87
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech