Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  17 Yanvar 2020, 16:44

Yuridik Boshqarmasi Boshlig‘i
Telefon:
(+998 71) 231-60-00
Faks:
(+998 71) 289-64-44
Elektron pochta: info@aab.uz

Quyidagilarni ta’minlaydi:

- Bank rahbariyatiga imzolash uchun taqdim qilinadigan huquqiy xususiyatli hujjatlar (buyruqlar, farmoyishlar, nizomlar va huquqiy xususiyatli boshqa hujjatlar) loyihalari bo’yicha xulosalarni qonunlarga muvofiqligi yuzasidan tekshirish, tasdiqlash va taqdim qilish;

- Bank tomonidan eng kam ish haqining ikki yuz baravar miqdoridan yuqori bo’lmagan summada tuziladigan shartnomalar loyihalarini tasdiqlash, mazkur shartnomalar loyihalari qonun talablariga javob bergan holatlardagina;

- Filiallar yuridik xizmatlarini nazorat qilish va ularga amaliy yordam ko’rsatish, ularning amaliy faoliyatida yuzaga keladigan huquqiy masalalar bo’yicha tushuntirishlar berish;

- Bankning sudlarda va boshqa muassasalarda mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish;

- Bank va uning tarkibiy bo’linmalari mulklari yaxshi saqlanishini ta’minlash bo’yicha huquqiy ishlarni tashkil qilish.

- Boshqarma vakolatlari doirasidagi boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

1979 yilda tug‘ilgan.

2000 yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000 yili Respublika savdo-ko‘rgazma mazkazi “O‘zekspomarkaz”da xalqaro va milliy ko‘rgazmalar bo‘limi mutaxassisi sifatida boshlagan.

2001 yildan 2009 yilgacha «Uzprommashimpeks» (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi) Davlat aktsiyadorlik tashqi savdo kompaniyasida Huquqiy bo‘limning birinchi toyfali huquqiy maslahatchisi, huquqiy bo‘limning etakchi huquqiy maslahatchisi, Huquqiy bo‘limning bosh huquqiy maslahatchisi lavozimida faoliyat olib bordi.

2009 yilning senyabrdan (ochilganidan boshlab) – «ASIA ALLIANCE BANK» Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Banki Huquqiy xizmatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2012 yilning mayidan - «ASIA ALLIANCE BANK» Aksiyadorlik Tijorat Banki Yuridik Boshqarmasi Boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Valyuta kurslari

31.03.2020 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 9554.22
1 EUR = 10637.67
1 RUB = 121.1
1 GBP = 11879.72
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech