Element is not found
Kreditni so‘nidirish mobaynida qarz oluvchi quyidagi to‘lovlarni amalga oshiradi:
- kreditning boshlang‘ich summasi bo‘yicha to‘lovlar;
- mablag‘lardan foydalanganlik bo‘yicha foiz to‘lovlari;
- boshqa xarajatlar.
Kredit bo‘yicha foizlar umumiy tamoyillar asosida hisoblanadi – ya'ni, ma'lum muddatga (odatda 1 yilga) kreditning asosiy summasidan ulush (%) sifatida. Kredit muddati bir kalendar yilidan ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin, ammo bu foizlar hisoblanish mohiyatini o‘zgartirmaydi, kredit muddatidan kelib chiqib foizlar qayta hisoblanib boriladi.
Kredit bo‘yicha boshqa to‘lovlar bank komissiyasi, garovni baholash, sug‘urtalash va rasmiylashtirish hamda oylik to‘lovlarni kechiktirib to‘lash bo‘yicha jarima va penyalar bo‘yicha xarajatlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Qarz oluvchi bankka quyidagi ta'minot turlarining birini yoki bir nechtasini taqdim etishi mumkin:
- mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi;
- bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
- uchinchi shaxsning kafilligi;
- sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.
Kreditni qayta moliyalashtirish – bu bir kreditni boshqa kredit shartnomasi (odatda yanada qulayroq shartlar asosida) tuzish yordamida so‘ndirish. Oddiy til bilan aytganda, bu kreditni so‘ndirish uchun kredit olishni anglatadi.
Kreditni so‘ndirish bo‘yicha oylik to‘lovlarni amalga oshirishning ikki usuli mavjud:
- annuitet – umumiy qarz summasining (kreditning asosiy summasi, foiz to‘lovlari va kredit bo‘yicha boshqa to‘lovlar) teng qismlarga ajratilishi va kredit muddati davomida bir tekis to‘lab borilishi;
- differensial to‘lov – bunda oylik to‘lovlar miqdori kamayib boradi, chunki foizlar kredit bo‘yicha asosiy summa qoldig‘iga nisbatan hisoblanadi.
Kredit tarixi – bu qarz oluvchining bank va boshqa kredit tashkilotlari bilan tuzgan shartnomalariga asosan o‘z majburiyatlarini qanday bajarganligi to‘g‘risidagi ma'lumot va u kredit byurosida saqlanadi.
Imtiyozli davr – bu siz kredit bo‘yicha faqat foiz to‘lovlarini amalga oshirishingiz mumkin bo‘lgan vaqt. Bu vaqtda sizga kreditning asosiy summasini so‘ndirish majburiyati yuklatilmaydi.