Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  7 May 2020, 10:40

"Yuksalish" nomli ta`lim krediti  - O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlarida oshirilgan to`lov kontrakt narxlari bo'yicha o'qish uchun, shuningdek O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlarining sirtqi va kechki bo'limlarida to`lov kontrakt asosida o'qish uchun to'lash, va boshqa ta'lim xizmatlari (kurslar, seminarlar, treninglar va hokazo)ga to`lash uchun.

«Yuksalish» nomli ta`lim krediti

Qarz oluvchilar

Abituriyent/talaba yoki uning oila a'zolari

Maksimal summa

Ariza berilgan kundagi Bazaviy Hisoblash Miqdori (BHM)ning 300 barobarigacha miqdorda

Maksimal muddat

36 oygacha imtiyozli davrsiz

Taqdim etish shakli

Ta`lim xizmatini ko`rsatish haqidagi shartnomaga muvofiq pul o`tkazish yo`li bilan

Foiz stavkasi

  • 12 oygacha - yillik 27%
  • 12 oydan 24 oygacha - yillik 28%
  • 24 oydan 36 oygacha - yillik 29%

Kerakli hujjatlar

  • Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.);
  • O'qitish muddati va to'lov miqdori ko'rsatilgan ta`lim xizmatlarini olish uchun tegishli shartnoma;
  • Qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat (agar kredit ariza beruvchining oila a'zosi tomonidan olingan bo'lsa);
  • Daromadlarini tasdiqlovchi hujjat;
  • Kredit ta`minoti bo’yicha hujjatlar.

Ta'minot

  • Bazaviy Hisoblash Miqdori (BHM)ning 75 barobarigacha miqdordagi kredit uchun bankning kredit summasining eng kamida 125%i miqdoridagi summaga talabini qondiradigan uchinchi shaxs kafilligi /sug’urta polisi yoki boshqa likvid mol-mulk;
  • Bazaviy Hisoblash Miqdori (BHM)ning 75 barobaridan 100 barobarigacha miqdordagi kredit uchun bankning kredit summasining eng kamida 125%i miqdoridagi summaga talabini qondiradigan kredit qaytmaslik xataridan sug’urta polisi yoki likvidli mulk garovi.
  • Bazaviy Hisoblash Miqdori (BHM)ning 100 barobaridan yuqori miqdordagi kredit uchun bankning kredit summasining eng kamida 125%i miqdoridagi summaga talabini qondiradigan likvid mulk garovi.



Kalkulyator

Talab qilinadigan kredit summasini kiriting
Kreditni to’lash uchun oylar miqdorini tanlang
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech