Avtokredit «UzAuto - Cobalt» - UzAuto Motors AJ tomonidan yangi ishlab chiqarilgan “Cobalt” modelidagi yengil avtotransport vositasini sotib olish hamda avtokredit rasmiylashtirish uchun zarur bo’lgan sug’urta badallarini to’lash maqsadida ajratiladi.
Mijoz tomonidan to’lanadigan mablag’ miqdori ( Avtotransport vositasini yetkazib berish shartnomasida belgilangan narxga nisbatan) |
Kredit muddati | Imtiyozli davr | Foiz stavkasi |
15 % dan boshlab | 60 oy muddatgacha | 6 oy muddatgacha | Yillik 30,00 % |
O’zini o’zi band qilgan shaxslarga mazkur kredit ajratilmaydi.
· Asosiy ta’minot – sotib olinadigan avtotransport vositasi.
· Ushbu sotib olinadigan avtotransport vositasi ta’minot sifatida avtotransport qiymatining 70% dan ko’p bo’lmagan qiymatda qabul qilinadi;
· Kredit bo’yicha majburiyatlarni vaqtincha ta’minlash (asosiy ta’minot garov shartnomasini notarial yoki bank tomonidan mustaqil ravishda rasmiylashtirilguniga qadar) – sug’urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik xavfini sug’urta qilish polisi;
· Qo’shimcha ta’minot - sug’urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik xavfini sug’urta qilish polisi (kredit ta’minoti qiymatining yetmagan qismiga).
3. Kredit qaytarilishini ta’minlovchi hujjatlar;
4. Mijozning turmush o’rtog’i mavjud hollarda turmush o’rtogining kredit hisobiga sotib olinadigan avtotransport vositasining garovga taqdim etilishiga rozilik arizasi, turmush o’rtog’i mavjud bo’lmagan hollarda mijoz tomonidan kredit ajratish uchun ariza berilgan kunga nikoh mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat;
Daromadlar to’g’risidagi ma’lumotlar oxirgi ish joyida kamida 6 (olti) oy davomida uzluksiz bo’lishi lozim. Agar Qarz oluvchining o’rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati bo’lmagan taqdirda, o’rtacha oylik daromadlarini va boshqa daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlar Qarz oluvchidan talab qilinishi mumkin.
Umumiy shartlar
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.
Alliance mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.
Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.