Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта

Avtokredit Lada/Renault

O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va ichki bozorda rasmiy dilerlar tarmog’i orqali realizasiya qilinadigan Lada va Renault avtomobillarini xarid qilish uchun iste’mol krediti.

  • 1%dan
    Foiz stavkasi
  • 36 oygacha
    Kredit muddati
  • Avtomobil narxining 70% gacha
    Kredit miqdori

AVTOKREDIT Lada/Renault - O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va ichki bozorda rasmiy dilerlar tarmog’i orqali realizasiya qilinadigan Lada va Renault avtomobillarini xarid qilish uchun iste’mol krediti.

Kredit Qarz oluvchi tomonidan Avtomobil qiymatining kamida 30% miqdorida boshlang’ich badal to’lanishi sharti bilan Avtomobil qiymatining eng ko’pi bilan 70% miqdorida beriladi.

Qarz oluvchilar kredit muddatiga qarab quyida taqdim qilinayotgan shartlardan biriga asoslangan holda o’ziga qulay foizni tanlashlari mumkin:

Boshlang’ich badal miqdori

Kredit muddati

Foiz stavkasi

30% dan 50% gacha

12 oygacha

Yillik 13%

24 oygacha

        Yillik 21%

36 oygacha

Yillik 23%

Boshlang’ich badal miqdori

Kredit muddati

Foiz stavkasi

50% dan 70% gacha

12 oygacha

Yillik 7%

24 oygacha

Yillik 18%

36 oygacha

         Yillik 22%

Boshlang’ich badal miqdori

Kredit muddati

Foiz stavkasi

70% dan yuqori

12 oygacha

Yillik 1%

24 oygacha

        Yillik 13%

36 oygacha

Yillik 18%

Bank qarz oluvchiga avtokredit bo’yicha oylik to’lov hisoblanish usulni tanlash imkoniyatini taqdim qiladi. Birinchisi – to’lovlar har oyda bir xil bo’ladi (annuitet), ikkinchisi esa – vaqt o’tishi bilan ular kamayib boradi (differensial usul).

Mijozning kreditni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlari kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransportni sug’urtalash va garovni rasmiylashtirish bo’yicha chiqimlarnigina o’z ichiga oladi. Avtomobilni xarid qilish uchun kreditlar berilishi va kreditga xizmat ko’rsatilish bo`yicha hech qanday qo’shimcha to’lovlar mavjud emas.

Avtotransport garovini sug’urtalash bo’yicha sug’urtalanuvchining to’lov puli miqdori kredit summasining 125%idan hisoblab chiqiladi.

Bank tomonidan kredit bo’yicha ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • Kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransport vositasining garovi (asosiy ta’minot);
  • Sug'urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik xavfini sug`urta qilish polisi (qo’shimcha ta’minot).

Kredit olish uchun Bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

  1. Kredit olish uchun ariza.
  2. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.)
  3. Daromadlarini tasdiqlovchi hujjat.
  4. Avtomobilni yetkazib berish to’g’risida shartnoma..
  5. Kredit ta’minoti bo’yicha hujjatlar.

Bank Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining to’lov qobiliyatini yanada to’liq tahlil etish uchun qo’shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.

Umumiy shartlar

Stavka foizi
1%dan
Kredit miqdori
Avtomobil narxining 70% gacha
Kredit maqsadi
Lada/Renault avtomashinasi sotib olish uchun
To'lovlar davriyligi
Har oyda
To'lov usuli
Differensial, Annuitet
Kredit muddati
36 oygacha
Kreditni rasmiylashtirish usuli
bank ofisi
Imtiyozli davr
Yo’q
Kreditingizni hisoblang
Iste'mol krediti kalkulyatori kreditdan foydalanish muddati uchun ustama to'lovning taxminiy miqdorini va oylik to'lovning taxminiy miqdorini hisoblash imkonini beradi.
30
%
Dastlabki badal foizini belgilang
10000000
sum
Talab qilinadigan kredit summasini kiriting
12
oylar
Rejalashtirilgan kredit muddatini tanlang
Ushbu hisob-kitoblar dastlabki xarakterga ega.
Oylik to‘lovning aniq miqdori bank tomonidan arizani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra belgilanadi.
  • Stavka foizi
    ...%
  • O'rtacha oylik to'lov
    ... sum
  • Kreditning to'liq qiymati
    ...%
Axborot varaqasi
Qanday qilib kredit olish mumkin?
1
Arizani to'ldiring
Kredit olish jarayoni ariza topshirishdan boshlanadi - onlayn yoki bank filiallaridan birida.
2
Qarorni kuting
Ariza bir ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.

Kerakli hujjatlarni tayyorlang. Menejer siz bilan bog'lanadi, tafsilotlarni aniqlaydi va uchrashuv tashkil qiladi.
3
Kredit oling
Ariza ma'qullangandan so'ng, biz sizning xaridingiz uchun pulni sotuvchining hisobiga o'tkazamiz

Sizga yordam berishdan xursandmiz

Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.

Agar sizda depozitlar bo'yicha savollaringiz bo'lsa, konsultantlarimiz ularga javob berishadi.
(+998 71) 231-60-00
Yagona aloqa markazi
Ish tartibi: DU-JU 08:00-22:00, SHA-YA 09:00-18:00

Alliance mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.

Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.

Ko'p so'raladigan savollar

Siz uchun qulay bo'lgan istalgan vaqtda kreditlar bo'yicha to'lovlarni amalga oshiring
Hech qayerga borishingiz shart emas! Alliance ilovasi dunyoning istalgan nuqtasida kreditni so’ndirish imkonini beradi, asosiysi Internet bor bo’lsa bo’ldi! To'lov jarayoni juda sodda.
Boshqa kreditlar
Avtokredit

Avtokredit

  • Foiz stavkasi
    24%dan
  • Kredit muddati
    48 oygacha
Avtokredit Kia SPECIAL

Avtokredit Kia SPECIAL

  • Foiz stavkasi
    6,5%dan
  • Kredit muddati
    48 oygacha
O‘zini o’zi band qilgan shaxslarga Kia avtokredit

O‘zini o’zi band qilgan shaxslarga Kia avtokredit

  • Foiz stavkasi
    0,5%dan
  • Kredit muddati
    36 oygacha
Iste'mol krediti

Iste'mol krediti

  • Foiz stavkasi
    26%dan
  • Kredit muddati
    36 oygacha
"Yuksalish" nomli iste'mol krediti

"Yuksalish" nomli iste'mol krediti

  • Foiz stavkasi
    28%
  • Kredit muddati
    36 oygacha
Mikroqarz

Mikroqarz

  • Foiz stavkasi
    23%dan
  • Kredit muddati
    36 oygacha
Overdraft

Overdraft

  • Foiz stavkasi
    22%
  • Kredit muddati
    12 oyga
Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Yagona aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00
Ish tartibi: DU-JU 08:00-22:00, SHA-YA 09:00-18:00
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 228-69-09
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X