Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  16 Iyun 2022, 14:54

AVTOKREDIT Kia SPECIAL - O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va ichki bozorda rasmiy dilerlar tarmog’i orqali realizatsiya qilinadigan Kia avtomobillarini (SOUL modelidan tashqari) xarid qilish uchun iste’mol krediti.

Kredit Qarz oluvchi tomonidan Avtomobil qiymatining kamida 25% miqdorida boshlang’ich badal to’lanishi sharti bilan Avtomobil qiymatining eng ko’pi bilan 75% miqdorida beriladi.

Qarz oluvchilar kredit muddatiga qarab quyida taqdim qilinayotgan shartlardan biriga asoslangan holda o’ziga qulay foizni tanlashlari mumkin:

Boshlang’ich badal miqdori

Kredit muddati

Foiz stavkasi

25% dan 50% gacha

12 oygacha

yillik 12.5%

24 oygacha

           yillik 20%

36 oygacha

yillik 22.5%

48 oygacha

Yillik 23.5%

Boshlang’ich badal miqdori

Kredit muddati

Foiz stavkasi

50% dan yuqori

12 oygacha

Yillik 6.5%

24 oygacha

Yillik 17.5%

36 oygacha

            Yillik 21%

48 oygacha

            yillik 22%

Bank qarz oluvchiga avtokredit bo’yicha oylik to’lov hisoblanish usulni tanlash imkoniyatini taqdim qiladi. Birinchisi – to’lovlar har oyda bir xil bo’ladi (annuitet), ikkinchisi esa – vaqt o’tishi bilan ular kamayib boradi (differensial usul).

Mijozning kreditni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlari kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransportni sug’urtalash va garovni rasmiylashtirish bo’yicha chiqimlarnigina o’z ichiga oladi. Avtomobilni xarid qilish uchun kreditlar berilishi va kreditga xizmat ko’rsatilish bo`yicha hech qanday qo’shimcha to’lovlar mavjud emas.

Avtotransport garovini sug’urtalash bo’yicha sug’urtalanuvchining to’lov puli miqdori kredit summasining 125%idan hisoblab chiqiladi.

Bank tomonidan kredit bo’yicha ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • Kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransport vositasining garovi (asosiy ta’minot);
  • Sug'urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik xavfini sug`urta qilish polisi (qo’shimcha ta’minot).

Kredit olish uchun Bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

  1. Kredit olish uchun ariza.
  2. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.)
  3. Daromadlarini tasdiqlovchi hujjat.
  4. Avtomobilni yetkazib berish to’g’risida shartnoma..
  5. Kredit ta’minoti bo’yicha hujjatlar.

Bank Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining to’lov qobiliyatini yanada to’liq tahlil etish uchun qo’shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.



Kalkulyator

Talab qilinadigan kredit summasini kiriting
Kreditni to’lash uchun oylar miqdorini tanlang
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech