AVTOKREDIT – “IKKILAMCHI PLUS” – Ikkilamchi bozordan ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan boshqa rusumdagi avtotransport vositalari hamda gibrid avtomobillarni (Elektromobillar bundan mustasno) xarid qilish uchun iste’mol krediti.
Kredit eng ko’pi bilan 300.0 million so’mgacha bo’lgan miqdorida beriladi.
Kredit sotuvchining hisob raqamiga (sotuvchi jismoniy shaxs bo’lganda, omonat yoki plastik kartochkasiga) o’tkazib berish orqali ajratiladi.
Qarz oluvchilar kredit muddatiga qarab quyida taqdim qilinayotgan shartlardan biriga asoslangan holda o’ziga qulay foiz va boshlang’ich to’lov miqdorini tanlashlari mumkin:
Boshlang’ich badal miqdori |
Kredit muddati |
Foiz stavkasi |
Avtomobil narxining 30 % dan kam bo`lmagan miqdorda |
12 oygacha |
yillik 23,99% |
24 oygacha |
yillik 26,99% |
|
36 oygacha |
yillik 27,49% |
|
48 oygacha |
yillik 27,99% |
Bank qarz oluvchiga avtokredit bo’yicha oylik to’lov hisoblanish usulni tanlash imkoniyatini taqdim qiladi. Birinchisi – to’lovlar har oyda bir xil bo’ladi (annuitet), ikkinchisi esa – vaqt o’tishi bilan ular kamayib boradi (differensial usul).
Mijozning kreditni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlari kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransportni sug’urtalash va garovni rasmiylashtirish bo’yicha chiqimlarnigina o’z ichiga oladi. Avtomobilni xarid qilish uchun kreditlar berilishi va kreditga xizmat ko’rsatilish bo`yicha hech qanday qo’shimcha to’lovlar mavjud emas.
Bank tomonidan kredit bo’yicha ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
- Kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransport vositasini garovi (asosiy ta’minot);
- Sug'urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik havfini sug`urta qilish polisi (qo’shimcha ravishda).
Kredit olish uchun Bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
1. Kredit olish uchun ariza.
2. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.)
3. Avtotransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi.
4. Mustaqil baholovchi tashkilotning avtotransport vositasini baholash hisoboti.
Bank Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining to’lov qobiliyatini yanada to’liq tahlil etish uchun qo’shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.
Umumiy shartlar
Kerakli hujjatlarni tayyorlang. Menejer siz bilan bog'lanadi, tafsilotlarni aniqlaydi va uchrashuv tashkil qiladi.
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.
Alliance mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.
Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.
