AVTOKREDIT “AVTO - PLUS” – Birlamchi bozordan boshqa rusumlardagi avtomobillarni xarid qilish uchun iste’mol krediti.
Kredit eng ko’pi bilan 400 000 000.0 (to’rt yuz ellik million) so’mgacha bo’lgan miqdorida beriladi.
Qarz oluvchilar kredit muddati va boshlang’ich to’lov miqdoriga qarab quyida taqdim qilinayotgan shartlardan biriga asoslangan holda o’ziga qulay foizni tanlashlari mumkin:
Boshlang’ich badal miqdori |
Kredit muddati |
Foiz stavkasi |
Avtomobil narxining 25 %idan kam bo`lmagan miqdorda |
12 oygacha |
yillik 23,99% |
24 oygacha |
yillik 26,99% |
|
36 oygacha |
yillik 27,49% |
|
48 oygacha |
yillik 27,99% |
Bank qarz oluvchiga avtokredit bo’yicha oylik to’lov hisoblanish usulni tanlash imkoniyatini taqdim qiladi. Birinchisi – to’lovlar har oyda bir xil bo’ladi (annuitet), ikkinchisi esa – vaqt o’tishi bilan ular kamayib boradi (differensial usul).
Mijozning kreditni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlari kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransportni sug’urtalash bo’yicha chiqimlarnigina o’z ichiga oladi.
Avtotransport garovini sug’urtalash bo’yicha sug’urtalanuvchining to’lov puli miqdori kredit summasining 125%idan hisoblab chiqiladi.
Bank tomonidan kredit bo’yicha ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
- Kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransport vositasini garovi (asosiy ta’minot);
- Sug'urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik havfini sug`urta qilish polisi (asosiy ta’minot garov shartnomasi rasmiylashtirilishiga qadar).
Kredit olish uchun Bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
1. Kredit olish uchun ariza;
2. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.);
3. Daromadlarini tasdiqlovchi hujjat. Agar boshlang’ich badal 30% dan yuqori bo’lsa, ish haqi daromadlari to’g’risidagi ma’lumotnoma talab qilinmaydi.
4. Avtomobilni yetkazib berish to’g’risida shartnoma;
5. Kredit ta’minoti bo’yicha hujjatlar.
Bank Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining to’lov qobiliyatini yanada to’liq tahlil etish uchun qo’shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.
Umumiy shartlar
Kerakli hujjatlarni tayyorlang. Menejer siz bilan bog'lanadi, tafsilotlarni aniqlaydi va uchrashuv tashkil qiladi.
Sizga yordam berishdan xursandmiz
Bizning konsultantlarimiz sizga har qanday muammoni hal qilishda yordam berishadi. Shunchaki bizga qo'ng'iroq qiling yoki qayta qo'ng'iroq qilishni so'rang.
Alliance mobil ilovasi interaktiv xizmatlar va kalkulyator bilan jihozlangan.
Bankning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan onlayn chat ham mavjud.
