Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sahifa yangilangan sana:  5 Avgust 2020, 09:57

Chop etish sanasi: 04.08.2020 y.
Muddat: gacha: 18:00   18.08.2020 y.
Ko'rishlar: 936

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun mustaqil tashkilotlarni tanlash bo`yicha tanlov 

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasining 2015 yil 31 dekabrdagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksining 36-bandi asosida korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun mustaqil baholovchi tashkilotlar orasida tanlov e’lon qiladi.

Baholash davri: 2019 yil yakunlari.

Korporativ boshqaruv kodeksida belgilangan tashkilotlar tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov bo`yicha takliflar info@aab.uz elektron manzili bo`yicha 2020-yil 18-avgust Toshkent vaqti soat 18:00ga qadar taqdim etilishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

- rekvizitlar, baholash muddati, xizmat narxi va korporativ boshqaruv tizimini baholash bo`yicha tajribasi (korporativ boshqaruv tizimini baholashlari soni, shu jumladan tijorat banklarda, qimmatli qog`ozlar bozoridagi staji) ko`rsatilgan taklifi;

- litsenziya nusxasi (fond birjasi, qimmatli qog`ozlar bozori professional ishtirokchilari, audit tashkilotlari va boshqalar uchun);

- Korporativ boshqaruv ilmiy-ta`lim markazi tomonidan berilgan malaka sertifikati va/yoki Qimmatli qog`ozlar bozorini tartibga solish bo`yicha vakolatli organi tomonidan berilgan malaka attestatiga ega xodimlar soni haqida ma’lumot va ushbu hujjatlar nusxalari;

Tanlov tashkilotlarning xizmat narxi, baholash muddati, xodimlar malakasi va ushbu yo`nalish bo`yicha tajribasi asosida amalga oshiriladi.

Qo`shimcha ma’lumotlar quyidagi telefon orqali olinishi mumkin: +99871 231-60-00 (1043).



Valyuta kurslari

22.10.2021 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 10692
1 EUR = 12447.63
1 RUB = 150.46
1 GBP = 14754.96
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech