Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“ASIA ALLIANCE BANK” Respublikamiz banklari orasida birinchi bo’lib “Surdo-onlayn” tizimi orqali xizmat ko’rsatishni joriy qildi.
11 Oct 2018

Aholining keng qatlamiga bank xizmatlarining yanada ommabopligini oshirish hamda eshitish qobiliyati zaif shaxslar uchun bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida “ASIA ALLIANCE BANK” ATB O’zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi bilan hamkorlikda Respublikamiz banklari orasida birinchi bo’lib ««Surdo-online» Uzbekistan» loyihasida ishtirok etib, eshitish qobiliyati zaif shaxslarga “Surdo-onlayn” tizimi orqali xizmat ko’rsatishni joriy qildi.

“Surdo-onlayn” xizmati Rossiya Federatsiyasi va Qozog’iston Respublikasida ma’qullangan bo’lib ijobiy qo’llanmoqda. “Surdo-onlayn” xizmatiga asosan eshitish qobiliyati zaif shaxslar bankimizga murojaat qilganda, maxsus markazda joylashgan surdo-tarjimonlar bilan masofaviy videoqo’ng’iroq orqali bog’langan holda bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Xozirgi kunda “Surdo-onlayn” tizimining masofaviy tarjima xizmati Toshkent shahar Olmazor tumani, Shimoliy olmazor ko’chasi, 13b-uy manzilida joylashgan «ASIA ALLIANCE BANK» ATB Olmazor filialida taqdim etilmoqda.

Avtor: ko'rsatilmagan / Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi / Ko'rishlar: 874

Boshqa yangiliklar:

14 Aprel 2021
1 Aprel 2021
30 Mart 2021

Valyuta kurslari

22.04.2021 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 10552.01
1 EUR = 12669.8
1 RUB = 137.11
1 GBP = 14704.23
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech