2024-yil 15-avgust kuni O‘zbekistonning yetakchi banklaridan biri “ASIA ALLIANCE BANK” ATB o‘zining yubileyi – tashkil topganining 15 yilligini faxr bilan nishonladi. O‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, moliya instituti ishonchli, innovatsion va mijozlarga yo‘naltirilgan hamkor sifatidagi maqomini tasdiqlab, bozordagi o‘z mavqeini barqaror ravishda mustahkamlab bordi.

Nufuzli xalqaro agentlik Moody’s Investors Service tomonidan bankning kredit reytingi prognozining yaxshilanishi yubiley yilning asosiy yutuqlaridan biri bo‘ldi. Bank reytingi B2 darajasida tasdiqlandi, prognozi esa «Ijobiy» darajasiga ko’tarildi. Moody's Investors agentligining prognozi bank aktivlarining yuqori sifati va uning barqarorligidan dalolat beradi.

O’zining tarixi davomida ASIA ALLIANCE BANK ko'plab nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor bo'lgan:

2014-2023 yillar davomida nufuzli Global Finance nashriga ko'ra“O‘zbekistonning eng yaxshi banki”;

The Banker talqini bo‘yicha 2016 va 2017-yillarda “O‘zbekistonda yil banki”.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Commerzbank AG, Osiyo taraqqiyot banki, EUROMONEY va boshqa nufuzli tashkilotlarning mukofotlariga ham sazovor bo'lgan.

Bank ishiga xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan yuksak baho moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va mijozlarga ilg‘or bank yechimlari taqdim etishga qaratilgan “ASIA ALLIANCE BANK” ATB jamoasining sa’y-harakatlari natijasidir.

Barqaror rivojlanish yo‘lida bank xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish va innovatsion mahsulotlarni joriy etishda davom etadi. “ASIA ALLIANCE BANK” ATBning yaqin rejalari – chakana va korporativ kreditlash bozoridagi o‘rnini mustahkamlash, raqamli xizmatlarni yanada rivojlantirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashdir. “ASIA ALLIANCE BANK” ATBni yangi yutuqlar va g'alabalar kutmoqda!