Milliy valyutadagi talab qilib olinguncha, jamg‘arma, muddatli va boshqa hisobvaraqlarni ochish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo'jaliklari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etadilar:
1. O‘rnatilgan shakldagi hisobvaraq ochish uchun ariza;
2. Imzolar namunalari qo’yilgan ikki dona varaqcha;
3. Mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat).
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar hamda Byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etadilar:
1. O‘rnatilgan shakldagi hisobvaraq ochish uchun ariza;
2. Imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha;
3. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan - ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar;
4. Yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rini bosadigan hujjat);
5. Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo’yilganligini tasdiqlovchi hujjat (ma’lumotnoma).
Rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallariga talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun vakolatxona va filiallar tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etadilar:
1. O‘rnatilgan shakldagi hisobvaraq ochish uchun ariza;
2. Yuridik shaxsning iltimosnomasi (iltimosnomada soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning identifikatsion raqami va uning kodi ko‘rsatiladi;
3.1 Tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun imzolar namunalari qo’yilgan ikki dona varaqcha;
3.2 Tadbirkorlik faoliyati subyekti bo’lmagan rezident yuridik shaxslar uchun imzolar namunalari va muhr izi qo’yilgan ikki dona varaqcha;
4. Vakolatxona yoki filialga taqdim etilgan vakolatlarni belgilovchi hujjat;
5. Vakolatxona yoki filial nomidan pul-to‘lov hujjatlarini imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxsning shaxsni tasdqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat).
Norezident yuridik shaxslar ( immunitet hamda diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan chet el diplomatiya va boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning filiallari, shuning xorijiy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasida xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ ullanmaydigan vakolatxonalari, tovar-xom ashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilar, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar), shuningdek norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasida qonunchilik bilan belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan doimiy muassasalari milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. O‘rnatilgan shakldagi hisobvaraq ochish uchun ariza;
2. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
3. O‘rnatilgan shakldagi imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha;
4. Norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati ( pasport yoki uni o‘rini bosadigan hujjat);
5. Tovar-xom ashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi, tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar norezident yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
6. Tovar-xom ashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxs va birja brokeri o’rtasida brokerlik xizmatlarini ko’rsatish to’g’risidagi shartnoma nusxasi;
7. Tashkiliy savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar norezident yuridik shaxslar va investitsion vositachi o’rtasida brokerlik xizmatlarini ko’rsatish to’g’risidagi shartnoma nusxasi.