Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

AVTOKREDIT O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va ichki bozorda rasmiy Dilerlar tarmog’i orqali realizasiya qilinadigan “General Motors Uzbekiston” AJ avtomobillarini xarid qilish uchun 18 yoshdan 60 yoshgacha bo`lgan jismoniy shaxs - rezidentlarga beriladigan iste’mol krediti.

Kredit Qarz oluvchi tomonidan Avtomobil qiymatining eng kamida 25% miqdorida boshlang’ich badal to’lanishi sharti bilan Avtomobil qiymatining eng ko’pi bilan 75% miqdorida beriladi.

Qarz oluvchilar kreditning va boshlang`ich badal miqdoriga qarab, quyida taqdim qilinayotgan shartlardan biriga asoslangan holda o’ziga qulay shartni tanlashlari mumkin: 

 Boshlang’ich badal miqdori  

  12oygacha  

Stavka, yillik % da

25% dan 49% gacha

27

50% dan 74% gacha

26

75% va undan yuqori

25


Bank qarz oluvchiga avtokredit bo’yicha oylik to’lov hisoblanish usulni tanlash imkoniyatini taqdim qiladi. Birinchisi – to’lovlar har oyda bir xil bo’ladi (annuitet), ikkinchisi esa – vaqt o’tishi bilan ular kamayib boradi (differensial usul).

Mijozning kreditni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlari kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransportni sug’urtalash va garovni rasmiylashtirish bo’yicha chiqimlarnigina o’z ichiga oladi. Avtomobil transportini xarid qilish uchun kreditlar berilishi va xizmat ko’rsatilishiga hech qanday qo’shimcha to’lovlar solinmaydi.

Avtotransport garovini sug’urtalash bo’yicha sug’urtalanuvchining to’lov puli miqdori kredit summasining 125%idan hisoblab chiqiladi. Bunda mijozlarga sug’urtalanuvchining to’lov puli miqdorini kredit summasiga qo’shish imkoniyati berilgan.

Bank tomonidan kredit bo’yicha ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • Kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransport vositasini garovga qo’yish (asosiy garov);
  • Bank talablarini qondiradigan boshqa turdagi ta’minotlar (qo’shimcha ravishda).

Kredit olish uchun Bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

  1. Kredit olish uchun ariza.
  2. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.)
  3. Daromadlarini tasdiqlovchi hujjat.
  4. Avtomobilni yetkazib berish to’g’risida shartnoma..
  5. Kredit ta’minoti bo’yicha hujjatlar.

Bank Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining to’lov qobiliyatini yanada to’liq tahlil etish uchun qo’shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.



Kalkulyator

Talab qilinadigan kredit summasini kiriting
Kreditni to’lash uchun oylar miqdorini tanlang
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech