Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Tizim ta'rifi va imkoniyatlari

"CLICK" tizimi – bu mobil banking tizimi boʻlib, jismoniy shaxslarga mobil telefon orqali (USSD\SMS-portal yordamida) yoki Internet orqali (Web\Web-mobile vositasida) uyali aloqa operatorlari, internet-provayderlar xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish; boshqa jimsoniy shaxslarga, savdo-servis korxonalariga (supermarket, restoran va kinoteatrlarda toʻlovlar) pul mablagʻlarini oʻtkazish; bevosita oʻz bank hisoblaridan internet-magazinlardan onlayn-xaridlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. "CLICK" tizimi orqali toʻlovlarni ikki hil usul bilan amalga oshirish mumkin: birinchisi Internet-sayt orqali, ikkinchisi esa depozit hisob yoki plastik karta hisobi bilan bogʻlangan mobil telefondan USSD-soʻrovnoma yordamida. (https://my.click.uz, https://m.click.uz) Internet-sayt orqali toʻlov bevosita hisobdan onlayn rejimda kerakli mahsulot va xizmatlarni tanlash yoʻli bilan amalga oshiriladi; Mobil telefon orqali toʻlov (*880# qisqa raqamiga) USSD-soʻrov yordamida amalga oshiriladi. Mazkur texnologiya toʻlovlarni istalgan joyda va vaqtda yaqin atrofda internet bor-yoʻqligidan qat’iy nazar amalga oshirish imkoniyatini beradi.

"CLICK" tizimining asosiy imkoniyatlari:

  • Toʻlovlarni mobil telefon yoki Internet orqali bevosita jismoniy shaxslarning bank hisoblaridan naqd pul mablagʻlaridan foydalanmasdan amalga oshirish;
  • USSD/SMS/WEB – portal yordamida taqdim qilingan hisoblarni boshqarish;
  • CLICK tizimining boshqa foydalanuvchilariga pul mablagʻlarini oʻtkazish;
  • Hisobdan hisobga pul mablagʻlarini oʻtkazish;
  • Balansni doimiy ravishda ishchi holatda ushlab turuvchi, «Avtotoʻlov» xizmatini aktivlashtirish imkoniyati;
  • Toʻlovlar tarixini koʻrish;
  • Bank hisoblari qoldigʻini onlayn tartibda tekshirish;
  • Hisob rekvizitlarini olish;
  • Bank hisoblari boʻyicha SMS-xabarnomalar;
  • CLICK – hisobdan kreditni toʻlash va koʻpgina boshqa imkoniyatlar.

Bizning asosiy afzalliklarimiz deb quyidagilar hisoblanadi:

Hammaboplik. Manfiy balansda va internetdan foydalanmasdan USSD-soʻrovlarni yuborish imkoniyati tufayli foydalanuvchi raqami bloklangan boʻlsa ham, istagan paytda oʻz bank hisobvaragʻidan haq toʻlashi mumkin. Bunda tizimdan foydalanish uchun telefonda hech qanday dasturlarni oʻrnatish kerak emas: USSD-soʻrovlarni har qaysi mobil telefondan yuborish mumkin.

Yaqinlik. Bank filiallariga bormasdan va toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha yaqindagi shaxobcha yoki operatorlar toʻlovlarini qabul qilish va toʻlov tizimlari shaxobchalari qayerda joylashganligiga bosh qotirmay, balansni toʻldirish, oʻz bank hisobvaraqni boshqarish imkoniyati. Uydan chiqmasdan toʻlash imkoniyati. Butun toʻlov tizimi har abonentning choʻntagida.

Qulaylik.Tizimga ulanish uchun bankda maxsus hisobvaraqlarni ochish va mablagʻlarni boshqa depozitga qoʻyish talab qilinmaydi. Bizning tizimimiz jismoniy shaxsning mavjud boʻlgan har qaysi hisobiga oʻz raqamini “bogʻlab qoʻyish” imkonini beradi.

UZCARD onlaynni qanday qo’shish kerak?

Plastik kartani UZKARD-CLICK ka bog’lash uchun SMS-axborot xizmatiga ulangan telefondan talabnoma jo’natish lozim

*880*0* karta raqami*amal qilish muddati#

Karta raqami – bu Sizning plastik kartaningiz raqamidir. U kartada ko’rsatilgan va 16 ta belgidan iborat (bu raqamni oraliqlarsiz terish kerak)

Amal qilish muddati – bu karta amal qilish muddatining oxirgi sanasidir. U kartada ko’rsatilgan va “chiziqcha” orqali ajratilgan 4 ta sondan iborat (ushbu raqamni “chiziqcha” siz ko’rsatish lozim)

Shundan keyin tizim buyurtma qo’shish uchun qabul qilinganini bildiradi. Ro’yxatga olish amalga oshgan bo’lsa, SLISK tizimi SMS-xabar yo’llaydi va 15 daqiqa ichida UZCARD- CLICK xizmatining USSD-komandasini - *880# (chaqiruv tugmachasi) terishni va bundan keyin Siz o’z to’lovlaringizni tasdiqlaydigan g’aroyib CLICK -PIN kodni o’rnatishni so’raydi.

MUHIM! CLICK -PIN begona shaxslarga ma’lum bo’lmasligi, biroq o’zingiz uchun esda saqlashga qulay bo’lishi lozim.

Shuningdek, USSD-menyuga birinchi marta kirish vaqtida CLICK tizimi Sizga tilni tanlashni taklif etadi va Sizning shartlar hamda tariflarga roziligingizni tasdiqlashni so’raydi. Tizim Sizning tanlovingizni esda saqlab qoladi va keyinchalik menyuni Siz tanlagan tilda aks ettiradi. Zarur hollarda tilni “Sozlashlar” bo’limida almashtirish mumkin.

Tabriklaymiz! Endi Siz UZCARD- CLICK foydalanuvchisi bo’ldingiz va to’lovlarni bevosita o’z telefoningiz orqali amalga oshirishingiz mumkin.

CLICK tizimiga ulanish va USSD-menyudan foydalanish bepuldir! CLICK belgili SMS-xabarlar ham bepul!

Plastik kartani UZCARD-CLICK dan qanday ajratish kerak:

Uzkard onlayn kartasini sliskdan ajratish uchun USSD talabnomasi orqali *880# (chaqiruv tugmachasi) terasiz >>>, sozlashlarda 4 band tanlaysiz >>> va yana bir marta 4 band tanlaysiz >>> 1 band tanlaysiz. Shundan keyin Sizning Uzcard onlayn kartangiz Click tizimidan ajratiladi.

Agar Sizda ikkita karta bo’lsa, asosiy hisobni tanlash lozim.

Buning uchun *880# (chaqiruv tugmachasi) terasiz >>>, sozlashlarda 4 bandni tanlaysiz >>> 3 band kartalarni boshqarish >>> 2 band asosiy hisob >>> 2 band to’lash uchun. Shundan keyin sizdagi sozlashlardagi menyuga 2 onlayn karta chiqadi, ulardan birini o’chirish uchun tanlashingiz lozim.

Hisobni to'ldirish usullari:

CLICK-hisob quyidagi usullardan biri bilan toʻldirilishi mumkin:
  • ish haqi, nafaqa, stipendiya, dividendlar va h.k. kabi kelib tushgan pul mablagʻlarni hisobvaraqqa oʻtkazish;
  • bank kassasi orqali naqd pul mablagʻlarni kiritish;
  • OʻzR biron-bir tijorat banklarida ochilgan oʻz banq hisobvaragʻidan pul mablagʻlarni oʻtkazish;
  • foydalanuvchining plastik kartasidan pul mablagʻlarni oʻtkazish.

Valyuta kurslari

15.10.2019 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 9455.24
1 EUR = 10438.58
1 RUB = 147.25
1 GBP = 11958.04
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech