Stol tennisi bo’yicha «ASIA ALLIANCE BANK» ATB xodimlari o’rtasida o’tkazilgan musobaqa ko’tarinki ruxda yakunlangach, O’zbekiston Respublikasi banklari yosh xodimlarini jipslashtirish maqsadida, Bankning yoshlar ittifoqi Kengashi musobaqani kengroq ko’lamda, ya'ni banklar o'rtasida o'tkazishga qaror qildi. Ushbu qadam banklararo hamkorlikning oshishiga, sog'lom sport raqobatining yuzaga kelishiga hamda yosh xodimlarning ma'naviy ruxini qo'llab-quvvatlashga turtki yaratadi.

Shunga muvofiq, 2017 yil 2 dekabr kuni «ASIA ALLIANCE BANK» ATB yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Toshkent Moliya institutining sport majmuasida banklararo yoshlar o’rtasida stol tennisi bo'yicha musobaqa tashkillashtirildi. Unda 23ta bankdan 3tadan vakil-ishtirokchi qatnashib, banklar 4 ta guruhga bo’lingan holda amalga oshirildi. Guruh peshqadamlari aniqlangach, sovrinli o'rinlar uchun keyingi bellashuvlar qizg'in davom etdi. Barcha o'yin natijalarining yakunlariga asosan quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritdi:

1-o'rin – “KDB Bank O'zbekiston” aktsiyadorlik jamiyati;

2-o'rin – “O'zbekiston sanoat-qurilish banki” aktsiyadorlik tijorat banki;

3-o'rin – “Orient Finans” xususiy aktsiyadorlik tijorat banki.

Shuningdek, musobaqaning qolgan ishtirokchi jamoalari “faol ishtiroki uchun” faxriy yorlig'i bilan taqdirlandilar. Musobaqaning muvaffaqiyatli yakunlanganligi munosabati bilan «ASIA ALLIANCE BANK» ATB Rahbariyati hamda Bank Yoshlar Ittifoqi etakchilar Kengashi barcha musobaqa sovrindorlari hamda qatnashchilarini chin ko'ngildan tabriklaydi.