Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 165
  • Yangilash: 17 May 2018, 16:59

Baholash tashkilotini tanlash boʻyicha tanlovga taklif qilish toʻgʻrisida e’lon.

Chop etish sanasi: 12.04.2018 y.
Muddat: gacha: 16:55   12.05.2018 y.

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB bankka tegishli boʻlgan «MALIBU» avtomobilini baholashni amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi.

Takliflar ilova xati bilan muhrlangan paketda quyidagi manzil boʻyicha «ASIA ALLIANCE BANK» ATBga taqdim qilinishi kerak: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Mahtumquli koʻch., 2A. Bogʻlanish uchun shaxs – Ishlar boshqarmasi Binolardan foydalanish va qoʻriqlash boʻlimi boshligʻi O.A.Xon, tel: +(99871)2316063.

Takliflarni taqdim qilish muddati – tanlov toʻgʻrisida e’lon joylashtirilgan sanadan 30 kalendar kun.

Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyxati:

1.      Tanlovda ishtirok etish uchun buyurtma (ilova xat);

Muhrlangan paketda quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

2.      Litsenziyalar nusxalari (agar faoliyat turi litsenziya mavjud boʻlishini nazarda tutsa), sertifikatlar nusxalari (agar mahsulotlar, ishlar va xizmatlar majburiy sertifikatlanishi lozim boʻlsa), malaka attestatlarining nusxalari;

3.      Yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi, ta’sis hujjatlari nusxalari, direktorning pasporti nusxasi, sugʻurta polisi nusxasi, yetkazib berish mamlakatining rezidentligini tasdiqlovchi hujjat (agar boʻlsa);

4.      Mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni taqdim qilish shartlari toʻgʻrisida axborot (qiymati, oldindan toʻlov miqdori, yetkazib berish muddati, texnik yoki oʻzga tavsiflar va h.k.), shunga oʻxshash mol-mulkni baholash boʻyicha tajriba toʻgʻrisida ma’lumotlar, yirik mijozlar (banklar)ni koʻrsatgan holda.



Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X