“ASIA ALLIANCE BANK” ATB yangi ochilgan «Tansiqboyev» Mini bankida keng doirali xizmatlarni taklif etadi. Mini bank Qoraqamish 2/4 mavzesining aholi zich turar-joy hududida, Tansiqboyev va Qoraqamish ko’chalarining serqatnov chorrahasida joylashgan.

Mini bankning qulay joylashganligi, undagi shinam muhit, xushmuomala malakali xodimlari yaqin oradagi tumanlar aholisi va tadbirkorlariga sifatli va qisqa muddatlarda quyidagi bank xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi:

- yuridik va jismoniy shaxslar uchun hisobvaraqlar ochish va yuritish;

- mikroqarzlar berish (eng kam oylik ish haqi miqdorining 100 baravarigacha, alohida dizaynli kartochka sovg’a qilinadi);

- iste’mol kreditlarini berish (maishiy texnika, mebel, qurilish materiallari, avia chiptalar, tibbiy xizmatlar, tantanalarni o’tkazish uchun);

- avtokredit berish;

- chet el valyutasini konvertasiyalash;

- pul o’tkazmalarini amalga oshirish;

- so’mdagi va xalqaro plastik kartochkalarini ochish;

- omonatlarni rasmiylashtirish;

- kommunal va boshqa to’lovlarni to’lash.

Yaqin orada Mini bankda kechayu kunduz ishlaydigan bankomat o’rnatiladi, bu bankka keluvchilarga istalgan vaqtda naqd pul olish imkonini beradi.

Mini bank Toshkent shahrining eng markazida, Qoraqamish 2/4 mavzesi, 1-uy manzili bo’yicha joylashgan.