2018 yil 30 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi, Moliya vazirligi va “ASIA ALLIANCE BANK” ATB oʻrtasida “Energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha qayta kreditlash toʻgʻrisida bitim, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi, Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi va “ASIA ALLIANCE BANK” ATB oʻrtasida “Meva va sabzavot sektorini rivojlantirish” qoʻshimcha loyihasi doirasida XRTB qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Shu tufayli bank zamonaviy uskunalar, zamonaviy energiya samaradorli ishlab chiqarish quvvatlarni yaratish asosida korxonalarni texnik jihatdan qayta jihozlash zarur boʻlgan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor.

Ishonamizki, bank kredit liniyalari korxonalarni modernizatsiya qilishda va ularning faoliyatini kengaytirishda, shuningdek energiya samarador issiqxonalarni barpo etish, bogʻdorchilik va uzumchilikni rivojlantirish hamda meva va sabzavot mahsulotlarini saqlash boʻyicha infratuzilma va ularni tashishga taalluqli logistika markazlarini tashkil etish bilan bogʻliq loyihalarni hayotga tatbiq etishda yordam beradi.