Hurmatli mijozlar!

«ASIA ALLIANCE BANK» ilk bor O’zbekistonda avtomatlashtirilgan deposit mashinasini (ADM) joriy etdi. Ushbu uskuna bank hisobvaraqlarga naqd pul mablag'larini qabul qilishda va kirim qilish jarayonlarini avtomatik tarzda o’tkazish imkonini yaratadi.

Avtomatlashtirilgan depozit mashinasi (ADM) - bu mablag’larni avtomatik tarzda qabul qilish, aslliligini tekshirish, qayta hisoblash va katta miqdordagi pulni saqlash uchun mo'ljallangan zamonaviy uskuna.

ADM sizga katta miqdordagi naqd pulni yig'ish va tekshirish jarayonini tez, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan samarali qilish imkonini beradi.

Endi ADM yordamida mijozlar katta miqdorda bank xodimi ishtirokisiz, har qanday tijorat bankida ochilgan hisobvarag'iga pul mablag'larini o’tkazishlari mumkin. Mijozlarning hisobvarag'lariga pul mablag'larini o’tkazish real vaqtda yoki keying bank kunidan kechtirmagan vaqtda amalga oshiriladi.

ADMdan foydalanishning quyidagi afzalliklariga e'tibor qaratish lozim:

- mablag'larni birligidan qat'iy nazar, qayta hisoblash imkoniyati;

- kiritilgan banknotlarni qayta hisoblashning yuqori tezligi;

- pul mablag’larini maxsus qurilgan hamda turli hujumlardan himoyalangan xavfsiz seyflarda saqlash imkoniyati;

- mijozning vaqtini tejaydigan bank xodimlarining ishtirokisiz kiritilgan pul mablag’larini tez fursatlarda mijozning hisob raqamga o’tkazish;

- Maxsus avtomatik qulflangan katta hajmli yuk xaltasi;

- amaliyotlarni chek bilan tasdiqlash va amalga oshirilgan operatsiyalar bo’yicha SMS-xabarnoma xizmati;

- zamonaviy banknota detektori moslamasi yordamida qalbakilashtirilgan mablag’larni himoya belgisi orqali samarali tekshirish;

- qulay interfeys tufayli ishga tushirishning oddiyligi va boshqalar.

Hozirgi kunda ADM orqali quyidagi uch turdagi xizmatlar mavjud:

- onlayn pul tushumini topshirish (inkassatsiya);

- bank kartalarni to'ldirish ("ASIA ALLIANCE BANK" ATB da ochilgan);

- kreditlarni so’ndirish ("ASIA ALLIANCE BANK" ATB tomonidan berilgan).

Onlayn pul tushumini topshirish xizmatidan foydalanish uchun mijozlar birinchi navbatda "ASIA ALLIANCE BANK" ATB bilan shartnoma tuzishlari kerak.

Rivojlanish bir joyda turmaganidek, bank xizmatlarini mukammallashtirish ham masofaviy xizmatlar ko’rstishni rivojlantirish uchun doimiy izlanishda. "ASIA ALLIANCE BANK" ATB tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning sifati va soddaligi hamda samaradorligi bankning moliyaviy faoliyatidagi muntazam ustuvor yo’nalishi hisoblanib, mijozlarning bank mahsulotlari va xizmatlariga doir barcha savollariga yuqori malakaviy va tezkor javob berish uchun xizmat qiladi.

Ta’kidlab o’tish joizki, “ASIA ALLIANCE BANK” mijozlarning qulay zamonaviy informatsion texnologiyalardan foydalanishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratish uchun e’tibor qaratmoqda.