Xurmatli «ASIA ALLIANCE BANK»ning xalqaro bank kartalari foydalanuvchilari!
E’tiboringizni shunga qaratmoqchimizki, endilikda Siz «MyAlliance» ilovasi orqali AQSH dollarini sotib olmoqchi bo’lsangiz, chet el valyutasini xalqaro kartangiz hisobiga bir zumda qabul qilish imkoniyatiga egasiz. Siz ushbu mablag’dan o’z istagingizga ko’ra foydalanishingiz mumkin, shuningdek ushbu kunning o’zida «ASIA ALLIANCE BANK» ning barcha filiallari, mini banklari va bankomatlari orqali BEPUL naqd pul shaklida olishingiz mumkin.

Eslatib o’tamizki, «MyAlliance» ilovasi O’zbekiston Respublikasining istalgan bankida ochilgan so’m kartalaridan milliy valyutani AQSH dollariga BEPUL konversiyalash imkoniyatini yaratadi!