ASIA ALLIANCE BANK o’zining yangi kredit mahsuloti – mikroqarz to’g’risida e’lon qiladi. 2018 yil 30 iyuldan mikroqarzlarning to’rtta turi yo’lga qo’yildi.

Mikroqarz – har qanday maqsad uchun kerakli mablag’ni tez olishning qulay va joiz usuli. Ushbu zamonaviy vosita nimanidir ta’mirlash, o’qishga to’lash, davolanish, hisob-kitob qilish, yo’llanma, mebel, texnikani xarid qilish yoki qarzni shoshilinch qaytarish zarurati bilan bog’liq ko’zda tutilmagan xarajatlar uchun to’satdan kam miqdorli pul mablag’lari kerak bo’lgan odamlarga murakkab moliyaviy vaziyatdan chiqish imkonini beradi.

Bank tomonidan mikroqarz berilishi naqd pulsiz shaklda mablag’lar plastik kartochkaga o’tkazilishi orqali yoxud bank kassasida eng kam oylik ish haqining 100 baravari (18 430 000 so’m)dan yuqori bo’lmagan miqdorda naqd pul mablag’lari bilan amalga oshiriladi.

Mikroqarz ushbu olinadigan mikroqarz bo’yicha qarzni har oylik to’lash uchun yetarli bo’lgan doimiy daromadga ega 18 yoshdan 65 yoshgacha jismoniy shaxslarga beriladi.

Oylik ish haqi loyihalari doirasida ochilgan “ASIA ALLIANCE BANK” ATB plastik kartalari egalariga yanada joiz va jalb etadigan shartlar taqdim qilinadi.

Mikroqarzlar plastik kartaga rasmiylashtirilganda mijozlar alohida dizaynli plastik kartani sovg’a sifatida olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Mikrokredit mahsulotlari to’g’risida quyidagi sayt orqali batafsilroq ma’lumotlar olish mumkin: http://aab.uz/uz/private/microloan/