Xurmatli mijozlar! O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida Yo‘riqnoma”ning (№1948-son bilan 27.04.2009 y.da ro‘yxatdan o‘tgan) amaldagi tahririga asosan banklarga tadbirkorlik faoliyati sub’ektlaridan hujjatlarda muhr quyishni talab qilish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlashni talab qilish taqiqlangan. Shu munosabat bilan tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lgan rezident-yuridik shaxslar, hamda ularning vakolatxonalari va filiallari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan bankda depozit hisobvaraqlari ochish uchun yuqorida qayd qilingan Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan shaklda imzo namunalari, ya’ni muhrsiz taqdim etilishini ma’lum qilamiz.