2018-yilning 10-martida “ASIA ALLIANCE BANK” yoshlar jamoasi basketbol sport turi bo’yicha o’tkazilgan banklararo musobaqada 1chi o’rinni egalladi. Ushbu musobaqa Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining sport majmuasida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoshlar ittifoqi, “Agrobank” yoshlar ittifoqi hamda O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkillashtirildi. Mazkur tadbirda O’zbekistondagi 12 bankning oltmishdan ziyod sportchilari qatnashishdi.

“ASIA ALLIANCE BANK” yoshlar ittiqofi tadbir tashkilotchilariga chuqur minnatdorchilik bildirib, “ASIA ALLIANCE BANK” yoshlar jamoasini g’alaba bilan tabriklaydi hamda bo’lg’usi bellashuvlarda muvaffaqiyatlar tilaydi.