Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
«Bankning 10-yilligiga bag’ishlangan aksiya»!
14 Aug 2019

Hurmatli mijozlar!

Tashkil etilganining 10-yilligi munosabati bilan “ASIA ALLIANCE BANK” ATB qimmatbaho sovg’alar o’ynaladigan Aksiya e’lon qiladi.

Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun Aksiya amal qilish muddati davomida Bankning MyAlliance mobil ilovasi orqali 1 000 000 so’m va undan ortiq bo’lgan ekvivalent miqdorida quyidagi amaliyot turlaridan birini bajarish lozim:

- kartadan kartaga pul o’tkazish;

- xizmatlar uchun to’lov;

- onlayn valyuta ayirboshlash;

- onlayn omonat ochish;

- bank hisobvarag’iga pul o’tkazish;

- kreditni so’ndirish.

Aksiyaning mukofot jamg’armasi quyidagi sovrinlardan iborat:

Bosh sovrin –Nexia-3 AV-GS16 (2-poz.) rusumli avtomobil qiymatiga teng miqdordagi pul mablag’lari

Qo’shimcha sovrinlar:

- Samsung rusumli muzlatgich (1 dona);

- Samsung rusumli 43’’ telivizori (1 dona);

- Xiaomi Redmi 7 3/32 smartfoni (10 ta).

Aksiya ishtirokchilari ro’yxati Bankning veb-saytida joylashtirib boriladi va oyiga kamida 2 marta yangilanadi.

Aksiya 2019 yil 15 avgustdan 30 noyabrgacha amal qiladi. Aksiyada boshqa bank karta egalari ham ishtirok etishi mumkin.

Aksiya to’g’risida ma’lumotlar bankning rasmiy sahifalarida berib boriladi:

Veb-sayt - http://aab.uz/

Telegram - t.me/asiaalliancebank

Facebook - www.facebook.com/AsiaAllianceBank

Instagram - www.instagram.com/asia_alliance_bank

Batafsil ma’lumotlarni Aksiyani o’tkazish Tartibidan bilib olish mumkin

* Aksiyada «ASIA ALLIANCE BANK» ATB xodimlari qatnasha olmaydi.

Avtor: ko'rsatilmagan / Manba: «ASIA ALLIANCE BANK» ATB matbuot markazi / Ko'rishlar: 1399

Valyuta kurslari

03.12.2019 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 9510.99
1 EUR = 10476.36
1 RUB = 147.79
1 GBP = 12300.56
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech