Основное фото.JPG

7 iyun kuni «ASIA ALLIANCE BANK» ATB va Islom taraqqiyot banki guruhiga kiruvchi Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (XISMK) «Murabax» tamoyili asosida 9 mln. AQSH dollari miqdorida savdoni moliyalashtirish toʻgʻrisida bitimni imzoladilar.

Ushbu bitim Oʻzbekistonda islom savdo moliyalashtirish sohasida ilk bitim hisoblanib, u Oʻzbekiston Respublikasi va XISMK oʻrtasida joriy yilning 6 martida imzolangan 100 mln. AQSH dollari miqdoridagi Ahdlashuv Kelishuvi amalga oshirilishini ochib beradi. 

Mazkur Kelishuv asosida «ASIA ALLIANCE BANK» Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga asosiy xom ashyo mahsulotlari va har qaysi boshqa mahsulotlarni eksport oldi moliyalashtirish, ularning importini moliyalashtirish uchun qisqa muddatli kreditlar koʻrinishida moliyaviy resurslarni taqdim qiladi.

Ushbu kelishuvni imzolash «ASIA ALLIANCE BANK» mavqeasini Oʻzbekistonda islom savdo moliyalashtirish bozorini rivojlantirish oʻyinchisi sifatida yangi darajaga olib chiqadi.

Ta’kidlab oʻtish lozimki, XISMK Islom taraqqiyot banki guruhining mustaqil boʻlinmasi hisoblanadi. Uning maqsadi Islom Taraqqiyot Banki a’zo mamlakatlarining iqtisodiy holatini yaxshilash uchun savdoni ilgari surish hisoblanadi.

Второе фото.jpg