“ASIA ALLIANCE BANK” ATB Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasining 2015 yil 31 dekabrdagi 9-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksining 36-bandi asosida korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun mustaqil baholovchi tashkilotlar o`rtasida tanlov e’lon qiladi.
Baholash davri: 2017 yil yakunlari.
Korporativ boshqaruv kodeksida belgilangan tashkilotlar tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov bo`yicha takliflar Toshkent shahar, Maxtumquli ko`chasi, 2A-uy manzili bo`yicha 2018-yil 19-aprel 18:00ga qadar taqdim etilishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish uchun quiydagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
- Muhrlangan konvertda baholash muddati, xizmat narxi va korporativ boshqaruv tizimini baholash bo`yicha tajribasi (korporativ boshqaruv tizimini baholashlari soni, shu jumladan tijorat banklarda, qimmatli qog`ozlar bozoridagi staji) ko`rsatilgan taklifi;
- davlat ro`yxatidan o`tganlik to`g`risida guvohnoma nusxasi;
- litsenziya nusxasi (fond birjasi, qimmatli qog`ozlar bozori professional ishtirokchilari, audit tashkilotlari va boshqalar uchun);
- Korporativ boshqaruv ilmiy-ta`lim markazi tomonidan berilgan malaka sertifikati va/yoki Qimmatli qog`ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan berilgan malaka attestatiga ega xodimlar soni haqida ma’lumot va ushbu hujjatlar nusxalari;
Tanlov tashkilotlarning xizmat narxi, baholash muddati, xodimlar malakasi va ushbu yo`nalish bo`yicha tajribasi asosida amalga oshiriladi.
Qo`shimcha ma’lumotlar quyidagi telefon orqali olinishi mumkin: +99871 231-60-33