Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Boshqaruv Raisi
Telefon:
(+998 71) 231-60-04
Faks:
(+998 71) 289-55-33
Elektron pochta: info@aab.uz

Quyidagilarni ta’minlaydi:

- Balans likvidligini samarali boshqarish va kapitalning moslik darajasini ta’minlash, Bank aktivlari va passivlarini boshqarish, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarga, Bankning strategik rivojlanishi va Biznes-rejasi asosiy yo’nalishlariga rioya qilish;

- Bank va uning tarkibiy bo’linmalari faoliyatida qonuniylik, qonunlar va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy-huquqiy hujjatlarining bir xil ijro qilinishi, Bank omonatchilari va aktsiyadorlari huquqlari va mulkiy manfaatlarini himoya qilish;

- Kadrlar siyosatini realizatsiya qilish, Bank xodimlari uchun me’yoriy va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ularning kasbiy tayyorgarlik darajasi oshirilishini ta’minlaydigan tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.


1972 yilda tug‘ilgan.

1995 yili Toshkent Moliya Institutini “Moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1995 yili Aksiyadorlik tijorat “O‘zmevasabzavot” bankining xalqaro hisob-kitoblar boshqarmasida mutaxassis sifatida boshlagan.

1995 yilining noyabr oyidan 2004 yilning iyul oyigacha O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tizimida faoliyat olib bordi. Banklararo Hisob-kirob Markazi, Ichki audit Bosh boshqarmasida ishlagan, Bosh Operatsion bo‘limning Xamza filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari, Akademik filiali boshqaruvchisi va mazkur bankning Operatsion boshqaruvi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritdi.

2004 yilning iyundan 2007 yilning avgustigacha “Trastbank” xususiy ochiq Aktsiyadorlik-birja banki Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan. 2007 yil sentyabridan 2009 yilning mayigacha “Turonbank” Aksiyadorlik tijorat bankini Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritdi.

2009 yilning sentyabridan (tashkil etilganidan boshlab) - «ASIA ALLIANCE BANK» Aksiyadorlik Tijorat Banki Boshqaruvining Raisi.

Valyuta kurslari

15.10.2019 dan ma’lumotlar (cbu.uz)
1 USD = 9455.24
1 EUR = 10438.58
1 RUB = 147.25
1 GBP = 11958.04
Created with Snap
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech